Mustye davri
Mustye madaniyati , mustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-asrning 60-yillarida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning janubi-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi bilan fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos boʻlib, ular yogʻoch yoʻnish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, oʻroq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, Mustye madaniyatining oxirida esa keskich asboblar — qirgʻich, pichoq hamda suyak qurollar paydo boʻlgan. Mustye davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pitekantrop va sinantrop) oʻzgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq boʻlgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismonii qiyofasi oʻzgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini taʼminlaydi. Olovni saqlab qoʻyishdan uni ishqalash yoʻli bilan hosil qilishga oʻtilishi Mustye davrining muhim yutugʻidir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. Mustye madaniyatida gʻor va ochiq manzil-gohlarda neandertal odamlar yashab, mamont, ayiq, shimoliy bugʻusi kabi hayvonlarni ovlab, isteʼmol qilishgan hamda terimchilik bilan shugʻullangan. Mustye davri qarorgohlarida oʻchoq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy eʼtiqodlar turila boshlaganini koʻrsatadi. Mustye madaniyati yod-gorliklari Yevropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda topib tekshirilgan. Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq ma-koni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mustye davri — insoniyat tarixidagi paleolit davrining o‘rta bosqichiga to‘g‘ri keladigan tarixiy va arxeologik davrdir. Bu davr taxminan miloddan avvalgi 300 ming yildan 30 ming yilgacha davom etgan. Mustye nomi Frantsiyadagi Mustye (Le Moustier) qishlog‘idan olingan bo‘lib, bu yerda dastlab ushbu davrga oid yodgorliklar topilgan.
Mustye davri asosan neandertal insonlarining faoliyati bilan bog‘liq. Ular ushbu davrda mukammal asboblarni yasash va qo‘llashni o‘rganganlar. Mustye asboblari asosiy xususiyatlari — toshlarni burrlash orqali mayda va nozikroq asboblar qilganliklarida. Bu asboblar oddiy kesuvchi pichoqlardan tortib, o‘tkir pichoqlar, qirqichlar va kesish uchun ishlatiladigan kiyik solatlarigacha turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
Mustye davrining odamlari ko‘pincha guvohlar va yasalgan boshpanalarda yashaganlar, ov qilish, o‘marish, va ovqat tayyorlash uchun birga harakat qilganlar. Ularning ijtimoiy tuzilishi nisbatan murakkab bo‘lgan — oila va kichik guruhlar shaklida yashaganliklari ehtimol qilinadi.
Mustye davrida insonlarning til va muloqot qobiliyatlari rivojlangan, shu bilan birga ma'lum darajada diniy e'tiqod va madaniy an'analarning dastlabki izlari ham paydo bo‘lgan. Bu davr inson rivojlanishining muhim bosqichi hisoblanadi va odamzodning keyingi evolyutsiyasi uchun mustahkam poydevor yaratgan.
Xulosa qilib aytganda, Mustye davri — insoniyat tarixidagi neandertal odamlarining hayoti, madaniyati va texnologiyasini o‘rganishda muhim bo‘lgan paleolitning o‘rta davrini ifodalaydi.