Mustelidae




Suvsarlar (Mustelidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasi choʻziq, egiluvchan, oyoqlari kalta va 5 barmoqli, tirnoqlari ichiga tortilmaydi. Ayrim turlarida barmoqlari orasiga parda tortilgan; dengiz qunduzi (kalan)ning orqa oyoqlari eshkakka aylangan. S. — tovonda va yarim tovonda harakatlanuvchi hayvonlar. Yungi qalin va yumshoq. Koʻpchilik S. yilda 2 marta tullaydi. Anal bezlari oʻtkir hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. S. sistematikasi aniq ishlab chiqilmagan. Odatda, 64 tur, 24 uru/ga ajratiladi. Oʻzbekistonda 9 turi (qunduz, asalxoʻr, boʻrsiq, togʻ suvsari, olakoʻzan, qora latcha, oq latcha, sassiqkoʻzan, amerika norkasi) uchraydi. Har xil biotoplar (suv, quruqlik)da yashaydi; in kovlaydi yoki boshqa hayvonlar qazigan inlardan foydalanadi. Amerika norkasi iqlimlashtirilgan, asosan, maxsus moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik S. etxoʻr hayvonlar; zararkunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. S qimmatli moʻynasi uchun ovlanadi, bir qancha turlari moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik turlari soni keskin kamayib ketganligi sababli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz