Mustay Karim




Mustay Karim (boshqirdcha: Мостай Кәрим, asl ismi Mustafo Safo oʻgʻli Karimov, boshqirdcha: Мостафа Сафа улы Кәримов) (1919.20.10 — 2005.21.09) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963).

Boshqirdiston pedagogika insitutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. „Bahor sadolari“ (1940), „Mening tulporim“ (1943), „Sheʼrlar“ (1944), „Qaytish“ (1947), „Tanlangan asarlar“, „Yevropa—Osiyo“ (1954) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi.

Mustay Karimning „Toʻy davom etadi“ (1947), „Yolgʻiz qayin“ (1950), „Qiz o’gʻirlash“ (1959), „Aytilmagan qoʻshiq“ (1961), „Oy tutilgan tunda“ (1964), „Oygul vatani“ (1969) kabi pyesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan boʻlib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi o’z ifodasini topgan.

„Uzundan-uzoq bolalik“ (1974—78) avtobiografik qissasi va „Olovni tashlama, Prometey“ (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. „Oy tutilgan tunda“ asari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib (1972), Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz