Mustaqim Mirzayevich Mirzayev




Mustaqim Mirzayevich Mirzayev (1912 — Buxoro — 1990.21.10) — tilshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Filol. fanlari doktori (1965), professor (1966). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1939). Oʻsha yildan institutning oʻzbek tili kafedrasi oʻqituvchisi, kafedra mudiri (1944). M. hozirgi oʻzbek tili va uni oʻqitish metodikasi, leksikologiya, dialektologiya, oʻzbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi masalalari bilan shugʻullangan. "Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Mashklar toʻplami" (1958,1963, 1968), "Oʻzbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi" (hamkorlikda, 1965), "Oʻzbek tili" (hamkorlikda, 1970) kabi asarlar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz