Mustaqillik yodgorligi




Mustaqillik yodgorligi — Milliy fanlar akademiyasi qoʻlyozmalar instituti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti binolari oʻrtasida joylashgan. 1918-yil 28-mayda Tiflisda Ozarbayjon Milliy kengashi tomonidan eʼlon qilingan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi sharafiga tashkil etilgan. Bu kun 1992-yil 28-maydan boshlab Respublika kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Yodgorlik ochilishi



Yodgorlik Sharqda birinchi demokratik respublika boʻlgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi sharafiga oʻrnatilgan.

2006-yil 18-dekabrda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida Mustaqillik muzeyini tashkil etish va Mustaqillik yodgorligini oʻrnatish toʻgʻrisida 1838-sonli Farmonini imzolaydi. Farmonga muvofiq Mustaqillik haykali yaratish uchun tanlov eʼlon qilinadi va mukofotlar taʼsis etiladi.

Yodgorlikning ochilishi 2007-yil 25-mayda Istiqloliyat koʻchasida boʻlib oʻtadi. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etadi.

Granit va oq marmardan oʻyilgan yodgorlikda Milliy kengash aʼzolarining imzolari bilan Mustaqillik deklaratsiyasi matni eski arab va lotin alifbosida oʻyib yozilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz