Mustang




Mustang (ispancha: mustango ) — xonaki otlarning yovvoyilashgan avlodi. Yevropaliklarning istilosidan keyin ular Shimoliy Amerikaga keltirgan xonaki otlarning yovvoyilashuvidan kelib chiqqan. Egasiz qolgan, qoʻralardan chiqib ketgan otlar hosildor yaylovlar — preriyalarda yovvoyilashib, kattakatta uyurlarga aylangan. Mahalliy aholi Mustanglarni goʻshti, terisi uchun ovlagan, qoʻlga oʻrgatgan. XVIII—XIX-asrlarda ularning soni 4 mln.ga yetgan. Mustang XX asrga kelib bir necha oʻn ming nafargacha kamayib ketgan. Avstraliyada ham yovvoyilashgan yilqilar — brambi (Avstraliya mustangi) saqlanib qolgan. Amerika va Avstraliyada Mustanglar yashaydigan hududlar qoʻriqxonalarga aylantirilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz