Mustamliy Buxoriy
Xoʻja Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Mustamliy al-Buxoriy — faqih, mufassir va tasavvufshunos olim, tasavvuf nazariyasi asoschilaridan biri. Uning „Sharh at-taʼarruf li-mazhab at-tasavvuf“ („Tasavvuf yo‘lini tanishtirish“ asariga sharh) asari bor. Bu asar „Nur ul-muridin va fazihat ul-muddaʼin“ („Muridlar uchun nur va daʼvogarlar uchun qo‘rquv“) va „Nur ul-muridini sharhi taʼarruf li-mazhab at-tasavvuf“ („Tasavvuf yo‘lini tanishtirish“ asari sharhi orqali muridlarga bag‘ishlangan nur) hamda „Kashf ul-mahjub sharh at-tasavvuf“ („Tasavvuf sharhida yashirin narsalarni ochib berish“) nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Olim milodiy 1043-yil (hijriy 434-yil) Buxoroda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org