Mustamlaka tilining barbie boʻlish va yangi davlatlarning tashkil topishi




XX asrning bosh farqlovchi belgilaridan biri mustamlaka tizimini yo‘q bo‘lishi hamda o‘nlab yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lshidir. 19 asrda shakllangan va XX asrning yarmiga qadar mavjud bo‘lgan mustamlaka hududlarning tizimi yo‘q bo‘ldi. Sobiq kolo­niyalar o‘rnida yangi davlatlarni paydo bo‘lishi bir qator mam­lakatlarda tinchlik xarakteriga ega bo‘lgan milliy ozodlik harakatlar –alabasining natijasidir. Ularning eng katta yutug‘i bu mustamlaka davlatlar apparatidan davlat hokimiyatining sobiq mustamlakalarning milliy kuchlari qo‘liga topshirilishi edi.

Birinchi jahon urushidan so‘ng mustamlaka tuzumining inqirozi boshlandi, 1918-1923 yillardayoq Osiyo va Arab Sharqi (Indoneziya, Hindiston, Eron, Iroq)ning bir qator mamlakatlarida qudratli xalq isyonlari bo‘lib o‘tdi. Mustamlakalarning aksariyatida ozodlik hara­kati rahbarlari milliy burjuaziyani, siyosiy mustaqillik uchun kurashga rahbarlik qila oladigan o‘z siyosiy tashkilotlarini yaratgan edi. Masalan, 1885 yildayoq Hindistonda milliy kongress partiyasi tashkil topdi.

Milliy ozodlik harakati metropoliyalarning hukumdor doiralarni mustamlaka boshqaruvning shakl va uslublariga ba’zi o‘zgartirishlar kiritishga majburladi. Biroq ular bu bosqichda mustamlaka ma’­muriyati organlarida mahalliy aholi vakillarini sonini kengaytirish bilan cheklanib qoldilar. 1919 va 1935 yildagi Hindiston, 1935 yildagi Birma hamda Seylonning 1931 yildagi mustamlaka konstitutsiyalari xususan Markaziy va provinsial kengashlarning yaratilishini nazarda tutgan. Bu barcha mahalliy vakolat organlari haqiqiy hokimiyatga ega bo‘lmagan, ular mustamlaka ma’muriyatining boshli-i bo‘lgan guber­natorlar oldida maslahatchi vazifasini o‘tagan.

1931 yilda vestminister maqomi qabul qilindi, u dominionlarning huquqlarini mustahkamladi va Britaniya hamjamiyatining o‘ziga xos konstitutsiyasiga aylandi. Maqom «tojga umumiy sodiqlik» bilan bir­lashgan millatlarning Britaniya hamkorligi a’zolarining erkin ittifoqini e’lon qildi. Bundan buyon Britaniya parlamenti qabul qilgan qonunlar dominionlarda faqatgina ularning roziligi bilan amalda bo‘lishi mumkin edi. Dominionlarda qabul qilingan barcha qonunlar ingliz qonunchiligiga zid degan sabab bilan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin emas edi. Dominionlar parlamentlari o‘z hududlarida har qanday Britaniya qonuni, qarori yoki ko‘rsatmasini dominionlar huquqi qismi qay darajada bo‘lsa, shu darajada bekor qilishi va o‘zgartirishga haqli edi. Maqomda dominionlar parlamentlari tashqi siyosat masalalarini mustaqil hal qila olishlari e’lon qilingan. Dominionlarda general gubernator endilikda dominion hokimiyati tavsiya va maslahatiga ko‘ra tayinlanardi va Buyuk Britaniyaning o‘zida qirol qanday rolni o‘ynasa, dominionlarning oliy organ tizimida general gubernator xuddi shu rolni o‘ynar edi.

Milliy ozodlik harakatining yangi yuksalishi 2 jahon urushidan so‘ng bo‘ldi. Aynan urushdan keyingi davrda mustamlaka tizimining inqirozi uni to‘liq barbod bo‘lishiga olib keldi.

Mustamlaka imperiyalarning barbod bo‘lishi bir qator mam­lakatlarda mustamlaka urushi (Jazoir, Angola, Indoneziya, Hind Xitoyi, Malaya) borishi hamda yangi yuridik shakllarda mustamlaka hududlarni siyosiy tobeligini saqlashga bo‘lgan harakatlar bilan kuzatildi. Buyuk Britaniya bu maqsadlarda hamdo‘stlik shaklidan foydalandi, biroq uni ahamiyatli darajada o‘zgartirdi. 1948 yildan boshlab birlashmaning rasmiy nomi Hamdo‘stlik bo‘ldi, bu ham­do‘stlikning a’zolari qatoriga Buyuk Britaniya va «eski» dominionlar bilan bir qatorda dominion maqomini olgan sobiq mustamlaka hududlar va hattoki yangi respublikalar bo‘ldi. Ammo hamdo‘stlik ichidagi aloqalar doimiy ravishda kuchsizlandi, keyinchalik maxsus britan qonuni yordamida dominion tushunchasining o‘zi ham bekor qilindi. 50 yillarda respublika konstitutsiyalarini qabul qilgan Hindiston va Shri Lanka hamdo‘stlikda qolishdi, biroq mudofaa masalalari bo‘yicha majlislarda ishtirok etishmadi. Buning natijasida hamdo‘sttlik mudofaasining yagona tizimi asta-sekin yo‘q bo‘ldi, biroq hamdo‘stlikning o‘zi hozirgi paytda ham deyarli 50 ta davlatni birlashtiradi.

Ozod bo‘lgan davlatlarning rivojlanish yo‘llari tipologiyasi haqidagi masala ham siyosiy, ham ilmiy borada eng murakkab savollardan biridir. Dunyoning 2 ta ijtimoiy, siyosiy tizimga bo‘linish sharoitlarida ozod bo‘lgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar odatda «uchinchi dunyo» deb ataluvchi guruhga kiritilar edi. Bu dunyo rivojlanishning 2 alternativ yo‘li – kapitalistik yoki kapitalistik bo‘lmagan yo‘lni tanlovi oldida turardi. Bu tanlov katta darajada mamlakatlarning rivojlanishining ob’ektiv shartlari bilan emas, balki mazkur davlatlarning boshqaruvida turgan guruhlarning mafkuraviy va tashqi siyosiy yo‘nalishi bilan belgilanganligini qayd etish lozim.

Uchinchi dunyo mamlakatlarida fan asosan davlatlarning 3 guruhini ajratgan, ularning ba’zilarida kapitalistik uklad hukumron uklad bo‘ldi, ular qatoriga Hindiston, Fors ko‘rfazining alohida davlatlari, Tunis va boshqalar kirar edi. Bu guruhdagi davlatlar dunyoning rivojlangan mamlakatlarning tarixiy turiga mansub edi. An’anaviy kapitalistikdan oldingi munosabatlar hukumronlik qilgan bir qator boshqa kamroq rivojlangan mamlakatlarda davlat «kapitalistik yo‘nalish» turiga mansub deb belgilangan. Nihoyat, kapitalistik munosabatlaor umuman yo‘q bo‘lgan ba’zi bir mamlakatlar rivojlanishning kapitaldistik bo‘lmagan yo‘li, «sotsialistik yo‘nalish» bo‘yicha rivojlanishi haqida e’lon qildilar. 1970 yillarda ularning soni o‘ndan ko‘p edi.

Kapitalistik yo‘nalishdagi mamlakatlar davlat tashkilotining modelida avvalgi metropoliyalarga taqlid qilar edi, aksariyat hollarda ular davlat organi faoliyatining hattoki tashqi belgilaridan nusxa ko‘chirganlar, masalan, parlament majlisi bilan bo-liq bo‘lgan ramzlar va x.k. Aslida o‘zga zaminga olib kelingan buyurtma konstitutsiyalari mazkur mamlakatlarning hayotida mustahkamlanmadi, tizimli harbiy to‘ntarishlar boshlandi. Mazkur mamlakatlarning huquqiy tizimlari ham ko‘p jihatdan sun’iy xarakterga ega edi: metropoliyaning eski qonunlari amalda bo‘lgan, yangi qonunlar deyarli so‘zma-so‘z uning qonunchiligini takrorlagan, ammo aholining aksariyati oddiy huquq me’yorlari bo‘yicha yashagan. Bu mamlakatlarning aksariyatida ham musulmon huquqi amalda bo‘lgan.

«Sotsialistik yo‘nalishdagi» mamlakatlarning hukumron guruhlari davlat tuzilmasini yaratishda totalitar sotsializm mamlakatlariga taqlid qilgan (yagona mumkin bo‘lgan partiyaning rahbar roli, kengashlar, demokratik sentralizm va x.k.), bir qator holatlarda davlat insti­tutlariga yanada rasmiy xarakter bergan (qonunda partiya va davlat tuzilmalarini uy-unligi nazarda tutilgan).

Bu mamlakatlarning huquqi turli davrlar institutining uy-unligi bilan tavsiflangan, ular aksariyat hollarida bir-biriga zid kelgan («sotsialistik» me’yorlar, avvalgi metropoliya aktlari, oddiy musul­mon huquqining me’yorlari).

Shunday qilib mamlakatlarning aksariyatida yo‘nalishdan qat’iy nazar hukumatni davlat rahbari qo‘lida konsentratsiyasi bor armiyaning alohida roli, partiya va davlat apparatining uy-unlashuvi, davlat tuzilmasining haddan ziyod markazlashuvi, hokimiyatning vakolatli organlarining yagona tizimi yo‘q bo‘lgan avtoritar siyosiy rejimlar paydo bo‘ldi.

Barcha rivojlanayotgan davlatlarga ham davlatni ijtimoiy hayotda yetakchi rolga chiqarilishi, uning jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tartibga soluvchi funksiyalarining kuchayishi xos edi.

Davlatni ijtimoiy hayotga jamiyatni modernizatsiyalash vositasi sifatida keng qamrovli aralashuvi yangi, ozod bo‘lgan mamla­katlarning ijtimoiy, iqtisodiy rivojining muhim muammolarini yecha olmadi. XX asrning oxirida ularni jahon kapitalistik xo‘jaligiga bo‘lgan tobeligi oshib bordi, yetakchi –arbiy mamlakatlarga tashqi qarshi esa zamonning global muammolaridan biriga aylandi, ozod bo‘lgan mamlakatlar rivojining tengsizligi tobora chuqurlashmoqda.

Janubiy Osiyo mustamlaka mamlakatlarining ijtimoiy, iqtisodiy rivojining o‘ziga xos belgisi boshqa mustamlakalarga nisbatan kapi­talistik munosabatlarning yetukligining yuqori darajasidir, ammo bu yerda ham mustamlaka merosning ko‘p ukladlik, iqtisodning arxaik tuzilmasi, ijtimoiy tuzilmalarning rivojlanmaganligi kabi umumiy tomonlari siyosiy tizimlarni rivojlanishining boshqa ozod bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘xshash tomonlari va tendensiyalarini belgilab berdi.

Osiyoning ingliz koloniyalarida, Malaya bundan mustasno mustaqillikka umuman olganda tinch yo‘li bilan erishildi. XX asrning 40 yillarining oxirida ozodlik Hindiston Birma va Seylonga hadya etildi. Bunda Hindiston 1940 yili 2 qismga bo‘lindi, ular dominionlar statusini oldi, bu hind ittifoqi va Pokiston edi. Hindistonni jamoa diniy belgi bo‘yicha bo‘linishi Britaniya mustamlaka siyosatining an’anaviy tamoyilini aks etdi va bu harakat mamlakatning avvalgi muam­molarini nafaqat hal qila olmadi, balki diniy va etnik asosdagi keskin to‘qnashuvlarning sababi bo‘lgan yangi muammolarni vujudga keltirdi. O‘z navbatida, Pokiston tarkibida sun’iy tarzda 2 ta milliy jihatdan xilma-xil va geografik jihatdan bir-biridan uzoq joylashgan hududlar birlashdi.

Hindiston va SHri Lankada milliy burjuaziya deb nomlanuvchi kuchning hokimiyat boshiga kelishi mustaqil milliy iqtisodni rivojlanishi milliy davlatchilikning demokratik shakllarini vujudga kelishiga ko‘maklashdi.

1949 yildagi mustaqil Hindiston davlatining konstitutsiyasi qulchilik va majburiy mehnatning qanday bo‘lsada shakli taqiqlangan suveren va demokratik respublikani tashkil etilishini e’lon qildi. Konstitutsiyada barcha fuqarolarni diniy, irqiy va kasta mansubligi, jinsi va tu-ilish joyidan qat’iy nazar tengligi haqida so‘z yuritilgan. Bu holatlar keyinchalik bir qator qonunlar bilan mustahkamlandi, jumladan, 1955 yilda e’lon qilingan kasta diskriminatsiyasi uchun jazolash haqidagi qonunda ham o‘z aksini topdi. Konstitutsiya xususiy mulkning teginib bo‘lmasligini e’lon qildi.

Hindiston hokimiyat shakli bo‘yicha parlamental respublika, Konstitutsiya bo‘yicha oliy qonunchilik organi bu davlat rahbari va 2 palata – xalq palatasi va shtatlar kengashidan iborat parlamentdir. Xalq palatasi va shtatlardagi qonunchilik majlislarining quyi palatalari umumiy to‘-ridan-to‘-ri saylov yo‘li bilan saylanadilar. SHtatlar kengashi bilvosita saylovlar, ya’ni shtat qonunchilik majlisi a’zolaridan iborat bo‘lgan saylovchilar kollegiyasi tomonidan shakllantiriladi.

Konstitutsiyaga ko‘ra davlat rahbari bu prezident, uni alohida kollegiya sayladi. Qonunga muvofiq u keng vakolatlarga ega, parlamentning «tarkibiy qismi» sifatida u palatalar bilan birgalikda qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega. U bosh vazir hamda davlatning boshqa oliy mansabdor shaxslari hamda shtat gubernatorlarini tayinlash huquqiga ega. Prezident xalq palatasini muddatdan oldin ishini to‘xtatish huquqiga ega, u konstitutsiyaning kplab moddalarining harakatini ham to‘xtatib turishi mumkin. Sessiyalar o‘rtasidagi davrda prezident qonun kuchiga ega buyruqlarni chiqara oladi. Bundan tashqari parlament prezidentga boshqa vaqtinchalik vakolatlarni ham yuklashi mumkin.

Biroq prezident dastlab yozilmagan me’yorlar, endi esa konstitutsiyaga o‘zgartirishlarga muvofiq maslahatga ko‘ra harakatda bo‘ladi, aslida esa bosh vazir boshchiligi ostida Hindiston hukumati ko‘rsatmalariga ko‘ra faoliyatini yuritadi. Hukumat – Vakirlar mahkamasi prezident oldida emas, balki parlamentning quyi palatasi oldida javobgardir. Parlament hukumatni ishonchsizlik votumini chiqarish yo‘li bilan iste’foga chiqishga majbur qila oladi. Konstiitutsiyada Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasi aniq belgilanmagan, boshqa parlament respublikalari kabi hukumatning o‘zi rasman prezidentga tegishli bo‘lgan vakolatlarni amalga oshiradi.

Hind ittifoqi konstitutsiyaga muvofiq federatsiyadir, shu bilan birga markaziy organlarning vakolatiga federatsiyaning barcha asosiy masalalarini yechish kiradi. Bu esa shtatlardagi hokimiyatning faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi. Ma’lum sharoitlarda markaziy hukumat shtatlarning saylangan davlat organlarini tarqatib prezident hokimiyatini kiritishi mumkin, bunda gubernator tayinlanadi. Prezidentning bunday konstitusion imtiyozi 100 martadan ko‘p qo‘llanildi.

Mustamlaka merosning yana bir namunalaridan biri bu 1949 yildagi konstitutsiyada dastlabki hududiy bo‘linishning saqlanib qolishi edi. u shtatlarning turli guruhini mavjudligini nazarda tutgan. Jumladan, ijro hokimiyatining rahbari mahalliy knyazlardan biri bo‘lgan guruhlarni ham. 1956 yilda shtatlarni qayta tashkillashtirish haqidagi akt qabul qilindi, unga muvofiq aholining milliy va til xususiyatlariga ko‘ra 14 ta shtat va bir qator ittifoq hududlari yaratildi. Keyinchalik shtatlar soni oshdi, bu ba’zi bir ittifoq hududlarini shtatlarga aylanishi hamda alohida shtatlarni bo‘linishi hisobiga oshdi (1997 yilda 25 ta shtat va 7 ta ittifoq hududlar). Hindistonda shtatlar bir xil bo‘lmagan huquqiy holatga ega, ularning chegaralari roziligisiz o‘zgartiriladi. Qabul qilingan choralarga qaramasdan, ba’zi bir shtatlarda keskin holatlar shakllanib saqlanib qolgan, separatistik kuchlar harakatda, diniy jamoa ziddiyatlar kuchli. 1949 yildagi konstitutsiya mamlakatning tinchliksevar tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini ham belgilab bergan.

SHri Lankaning davlat huquq institutlari ham burjuaziya demokratik tuzum shart-sharoitlarida rivojlangan. 40 yillarning oxiridan 70 yillarning oxirigacha bu institutlarning evolyusiyasi parlamentarizm doirasida, «vestminster» modeli asosida bo‘ldi. 1978 yilda konstitutsiya qabul qilindi, uning asosiy tomonlari an’anaviy parlamentarizmning asosiy belgilaridan voz kechish hamda prezidentga juda keng vakolat berishdir. 1988 yilda SHri Lankada davomli kurashdan so‘ng tamil aholisi uchun avtonom hudud yaratildi, mamlakatning boshqa provinsiyalari ham xuddi shunday huquqqa ega bo‘ldilar.

70 yillarda «konstitusion avtoritarizm» o‘rnatilishining misoli Osiyo mintaqasida bir qator boshqa harbiy byurokratik rejimlarning mavjudligidir. (Pokiston). Harbiy oliy qism saylovlarni tashkil qilish va fuqaro shaxslarga hokimiyatni berish kabi turli sa’y-harakat hamda bahonalarga qaramasdan Pokistonning ijtimoiy hayoti va siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. 1962 yildayoq sotsialistik yo‘nalish dasturini e’lon qilgan Myanma (Birma)da 1988 yilda harbiy rejim o‘rnatildi, 1994 yilda esa yangi konstitutsiya qabul qilindi.

Parlamentning aksariyat qismi tayinlanadi, mamlakatda harbiylarning hukumdorligi davom etmoqda.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
O‘zbek tilida:

1.      Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2.      Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3.      Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.  Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3.  Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1.     शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

2.    रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

3.    विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९  

4.    द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५ 

5.    मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ، ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨  مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida:

1.        Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2.        Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3.        Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4.        Nazir Ahmad Chaudhry. “Harappa”. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5.        Noren Hameed.  “Political Role of Religious Communities in Pakistan”. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6.        Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7.        Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8.        Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9.        Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.    Mahmood T. The Durand line: South Asia’s next trouble spot. –Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11.    Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

1.    Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2.    Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3.    Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4.    Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm .

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz