Mustafoqul Karimov




Mustafoqul Karimov (1938-yil 5-yanvar, Boyovut tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2010-yil 5-mart, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi.

Biografiyasi



Mustafoqul Karimov Boyovut tumanida 1938-yil 5-yanvarda tugʻilgan. 1959-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan. 1965-yilda ushbu universiteti bitiradi. 1965-yilda Gʻallaorol tumani 52-oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib oʻz faoliyatini boshlaydi. 1966-yilda Sirdaryo davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti oʻqituvchisi, 1974-yilda Jizzax davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1976-yil 27-oktyabrda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1982-yidal „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ nishoni bilan mukofotlangan. 1985—1992-yillarda oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga kafedra mudiri lavozimida ishlaydi. 2009-yilda „Fan“ nashriyotida U. Qosimov, Y. Karimovalar bilan hamkorlikda „Badiiy tafakkur talqinlari“ nomli kitobi chiqadi. 2010-yil 5-mart kuni 72 yoshida vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz