Mustafin G‘abiden
Gʻabiden Mustafin [1902.13(26).11, Akmolinsk uyezdi, hrz. Qaragʻanda viloyati Telman tumani — 1985, Olma-ota] — Qozogʻiston xalq yozuvchisi (1984). Qozogʻiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1958). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1953—56), masʼul kotib (1962—64). Ilk hikoyalar toʻplami — "Yer Shoyin" (1929). Ishchilar hayotiga bagʻishlangan "Hayot va oʻlim" romani (1941) qozoq prozasining ilk namunalaridan, "Chi-gʻanoq" (1945), "Qaragʻanda" (1952), "Boʻrondan soʻng" (1959), "Koʻz koʻrgan" (1qism, 1963) kabi qissa va romanlarida qozoq xalqi turli tabaqalarining hayoti, ishchi-shaxtyorlar va yoshlarning fidokorona mehnatlari oʻz ifodasini topgan. M. Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan (1958, 1960). Oʻzbek adiblari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Abay nomidagi Qozogʻiston Davlat mukofoti laureati (1953).
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mustafin G‘abiden haqida aniq ma'lumotlar topish uchun qo‘shimcha kontekst yoki soha kerak bo‘ladi, chunki bu ism ko‘plab insonlar orasida uchrashi mumkin. Agar siz ma’lum bir sohada (masalan, adabiyot, fan, san’at yoki siyosat) faoliyat yurituvchi Mustafin G‘abiden haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, shu haqda qo‘shimcha ma'lumot bering.
Umuman olganda, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida Mustafin familiyasi keng tarqalgan. G‘abiden esa, asosan, turkiy xalqlarda uchraydigan erkak ismi hisoblanadi.
Agar Mustafin G‘abiden haqida ko‘proq ma'lumot kerak bo‘lsa yoki u haqida aniq bir manbalarga ega bo‘lsangiz, iltimos, ulashishingizni so‘rayman, shunda yanada to‘liq va aniq yordam bera olaman.