Mustafin Gʻabiden




Gʻabiden Mustafin [1902.13(26).11, Akmolinsk uyezdi, hrz. Qaragʻanda viloyati Telman tumani — 1985, Olma-ota] — Qozogʻiston xalq yozuvchisi (1984). Qozogʻiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1958). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1953—56), masʼul kotib (1962—64). Ilk hikoyalar toʻplami — "Yer Shoyin" (1929). Ishchilar hayotiga bagʻishlangan "Hayot va oʻlim" romani (1941) qozoq prozasining ilk namunalaridan, "Chi-gʻanoq" (1945), "Qaragʻanda" (1952), "Boʻrondan soʻng" (1959), "Koʻz koʻrgan" (1qism, 1963) kabi qissa va romanlarida qozoq xalqi turli tabaqalarining hayoti, ishchi-shaxtyorlar va yoshlarning fidokorona mehnatlari oʻz ifodasini topgan. M. Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan (1958, 1960). Oʻzbek adiblari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Abay nomidagi Qozogʻiston Davlat mukofoti laureati (1953).

Adabiyotlar




Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz