Mustafaev Eskender




Mustafaev Eskender Ametovich (1981-yil 17-iyulda tugʻilgan) paralimpiyachi suzuvchi. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Ukraina nomidan qatnashib, 50 metrga erkin usulda suzishda oltin, 2013-yilda IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida ikkita oltin va ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan. Mustafaev 2015-yilgi IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida Rossiya nomidan kurashib, bittadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Biografiyasi



Eskender Mustafaev Toshkent viloyatining Chinoz shahrida tugʻilgan. Besh yoshida unga Charcot-Marie-Tooth kasalligi tashxisi qoʻyilgan. U uylangan, xotini Yuliyadan bir qizi bor. Mustafaev avvalroq ukrainalik paralimpiyachi Olga Mustafoyeva bilan turmush qurgan edi. U ukrain tilini bilmaydi va rus tilida gapiradi.

Suzuvchilik faoliyati



Mustafaev 2008-yilda Ukrainaning Sevastopol shahrida bel va qoʻlning zaifligini reabilitatsiya qilish rejimi doirasida suzishni boshlagan. U dastlab qilichbozlikka qiziqqan, ammo, suzishga ahd qilgan, chunki uning qoʻlidagi muammolar qilichbozlik bilan shugʻullanishiga halaqit berar edi. 2011-yilda Mustafayev terma jamoa safida debyut qilgan va Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan suzish boʻyicha IPC Yevropa chempionatida Ukraina delegatsiyasi aʼzosi sifatida erkaklar oʻrtasida 50 metrga S4 erkin suzishda ishtirok etgan.

Mustafaev 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Qrim viloyatidan qatnashgan uch ukrainalik sportchidan biri boʻlgan. 2012-yilda Londonda 31 yoshli Mustafaev S4 suzish boʻyicha 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha 38,26 soniya natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.Shuningdek, Londondagi suzish dasturida 100 metrga erkin usulda, 50 metrga chalqancha va 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida ham ishtirok etgan. 2012-yilgi natijalarilardan soʻng Mustafaev sportdagi yutuqlari uchun „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.

Monrealda boʻlib oʻtgan 2013-yilgi IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida Mustafayev erkaklar oʻrtasida 50 metrga S4 erkin uslubda suzishda 37,96 soniya natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan. U erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin uslubda suzishda oʻtkazilgan bahslarda sloveniyalik Darko Dyurichga sekundning uchdan bir qismiga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Mustafaev 2014iyilda rasmiy ravishda fuqaroligini oʻzgartirdi va hozirda xalqaro musobaqalarda Rossiya sharafini himoya qilib kelmoqda.

Mustafaev 2014-yilgi IPC suzish boʻyicha Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborgan. 2015-yilda u IPC Jahon chempionatida Rossiya sharafini himoya qilgan va 4 x 50 m erkin estafetada 20 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. 100 metrga erkin uslubda va 50 metrga chalqancha uslubda suzish boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda esa saralashdan oʻta olmagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz