Mustafa Abdellaoue
Mustafa „Mos“ Abdellaoue (talaffuzi: Mustafa Abdellaoye; 1988-yil 1-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, oxirgi marta Eliteseriyaning „Sarpsborg 08“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Norvegiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Muhammad Abdellaouning ukasi.
Klublarlardagi faoliyati
Abdellaoue Norvegiyaning Oslo shahrida tugʻilgan. 2007-yilda Skeid safida debyut qilgan va Norvegiya futbolining ikkinchi darajasi boʻlgan First Divisiondan tushib ketishigacha jami oltita oʻyin oʻtkazgan. Keyin Lillestromga ijaraga berildi va Skeidga qaytishdan oldin bitta gol urdi. 2008-yilda Skeid Ikkinchi divizion 2-guruhda gʻolib chiqqanigacha 20 oʻyinda 17 ta gol urgandi.
2008-yil sentyabr oyida Abdellaoue va uning jamoadoshi Dawda Lei Bosman boshqaruvi ostida Norvegiya Premer-ligasi vakili Vålerenga IF bilan shartnoma imzoladi va 2009-yil 1-yanvarda klubga qoʻshildi. Uning akasi Muhammad ham bir mavsum avval oʻsha klubdan klubga kelib qoʻshilgandi.
2009-yilning 13-aprelida Abdellaoue Vålerenga safida Lillestromga qarshi oʻyinda (2:0) oʻzining birinchi ligadagi golini kiritdi.
2010-yilgi mavsumda Norvegiya ikkinchi divizionining eng yaxshi toʻpurari deb topildi.
Abdellaoue 2011-yilgi mavsumni Tromso IL jamoasida ijarada oʻtkazdi va u yerda 17 ta gol bilan Tippeligaenning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Tromso bilan ligada ikkinchi oʻrinni egalladi.
Mostafa Copenhagenga 2012-yilning yanvarida kelib qoʻshilgan. Mostafa oʻzining birinchi golini Anjiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritdi. Uchinchi oʻyinda u Parkendagi debyutida sobiq jamoasi Vålerenga IF darvozasiga ikki marta gol urdi.
2013-yil 31-avgustda Abdellaoue Odense Bold klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. 2014-yil iyul oyida Abdellaoue Aalesunds FK bilan shartnoma imzoladi.
2018-yilning 24-yanvarida Strømsgodset klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
Mos terma jamoadagi debyutini 2012-yil 15-yanvarda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) tanaffusda Tomas Sorumni almashtirganida oʻtkazdi.
Shaxsiy hayoti
Mustafa Norvegiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Muhammad Abdellaouning ukasi.
Faoliyat statistikasi
Klub
19-sentyabr, 2022-yil holati boʻyicha[11]
Terma jamoada
Yutuqlari
Skeid Copenhagen Individual Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org