Mussa Jenepo
Mussa Jenepo (fransuzcha: Moussa Djenepo ; 1998-yil 15-iyunda tugʻilgan) — malilik futbolchi, Angliyaning „Sautgempton“ klubi va Mali terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jamoadagi faoliyati
Genepo 2017-yilning 31-yanvarida Malining Yelen Olimpik klubidan keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijara asosida Lyoj shahrining „Standard“ jamoasi safiga qoʻshildi. 2017-yil 30-mayda „Satandart“ klubi shartnomadagi xarid qilish shartini faollashtirdi, shundan soʻng Mussa Belgiya klubining toʻlaqonli futbolchisiga aylandi
Jenepo 2017-yilning 27-avgustida „Standard“ bilan Belgiya chempionati doirasida „ Bryugge“ga qarshi oʻyinda professional debyut qilgan. Mussa oʻyinning 90-daqiqasida Pol-Xose Mpoku oʻrniga maydonga tushadi. 2018-yilning 17-martida Jenepo Belgiya kubogi final oʻyinida qoʻshimcha vaqtda zaxiradan maydonga tushadi, ushbu oʻyinda „Standard“ „Genk“ni magʻlub etadi.
Mussa Jenepo 2019-yilning yozida Angliyaning „Sautgempton“ klubi bilan 4 yillik shartnomani imzolaydi.
Terma jamoadagi faoliyati
Mussa Mali U20 jamoasi tarkibida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasida Afrika millatlari kubogida ishtirok etdi.
2017-yilning oktyabr oyida esa Mali milliy terma jamoasiga chaqirildi va termadagi ilk debyutini 2017-yilning 6-oktyabrda jahon chempionati saralashi doirasida Kot-d’Ivuarga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org