Musohon qori Abbosiddinov




Musohon qori Abbosiddinov islomshunos-imomdir. 1974-yil Namangan shahrida tavallud topgan. Dastlabki diniy bilimni tog'asi qo'lida olgan. O'rta maktabni tamomlagach, Namangan shahridagi Mulla Qirg'iz madrasasiga kirib, uni 2000-yilda tamomlagan. 2001-2005-yillarda Toshkent Islom Universitetining Islomshunoslik-Dinshunoslik yo'nalishi bo'yicha bakalavriatini tamomlab, 2005-2007-yillarda mazkur oliygohning Islomshunoslik yo'nalishi bo'yicha magistraturasini ham tugatgan. Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Muso qori Qur'oni karimni yoshligidayoq to'la yod olgan. Uning qiroati nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoning boshqa ko'plab davlatlarida ham katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Jumladan u Malayziya, Eron, Turkiya kabi mamlakatlardagi Qur'on musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2004-yili ramazon oyida AQShda yashovchi musulmonlar Muso qorini yurtlarida tarovih namozlarida Qur'onni xatm qilib berishini iltimos qilib, chaqirdilar. Buhga javoban Muso qori AQShda bo'lib, u yerlik ahli muslimlarni o'zining betakror ovozidagi Qur'on tilovati bilan xushnud qilib qaytdi.
Ayni paytda Muso qori Toshkentdagi Shayx Zayniddin (Ko'kcha) Jome' masjidida imom noibi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz