Muslim ibn al-Valid
Abu al-Valid Muslim ibn al-Valid al-Ansoriy (tax. hijriy 30/milodiy 748 – hijriy 207/milodiy 820),
Sari al-G‘avoniy nomi bilan ham tanilgan ( arabcha: صريع الغواني ), ilk Abbosiylar davrining eng yaxshi shoirlaridan biri va ansoriylarning mavlolaridan edi. Hilari Kilpatrik so'zlariga ko'ra, Muslim ibn al-Validga abbosiylar aslzodalari homiylik qilgan, u "yangilanish" davri adabiyotining ilk namoyandalaridan biri boʻlib, sharob va muhabbat haqida she'rlari mashhur bo'lgan, shuningdek, qasidalar ham yozgan.
Arab adabiyoti ensiklopediyasining taʼkidlashicha, Muslim ibn al-Valid Kufada tugʻilib oʻsgan. U Horun ar-Rashid hukmronligi davrida 794-yili Barmakiylar parchalanishidan oldin Bag'dodga ko'chib o'tgan.
U yettinchi abbosiy xalifasi al-Maʼmun davrida vazir boʻlgan Al-Fazl ibn Sahlning e'tirofiga sazovor boʻldi va Jurjon (hozirgi Eron davlatidagi Goʻrgan shahri), keyinroq esa Isfahonda xalifa al-Ma'munning muhrdori etib tayinlandi. Al-Fazl o'ldirilganidan keyin Muslim ibn al-Valid she'riyatni tark etdi va vafotiga qadar yolg'iz hayot kechirdi. U Goʻrgan shahrida dafn etilgan.
Nashr va tarjima
Eslatmalar
Ma'lumotnomalar
uz.wikipedia.org