Muskovit




Muskovit (ing. Muscovy) — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kristallari taxtasimon, kam qollarda ustunsimon. Monoklinal singoniyali. Tangachasimon agregatlar, taxtasimon donador. M. odatda rangsiz, yashilroq, kizil. Qayishqoqligi mukammal. Zichligi 2,7—3,0 g/sm3, kattikligi 2,5—3. Turli xili maʼlum. M. kristallik strukturasiga muvofiq yupqa qavatlarga oson ajraladi. Shishasimon yaltiraydi. Tabiatda keng tarqalgan. Magmatogen va metomorfik jinslarningtarkibiy kismi. Pegmatit tomirlarda yirik kristall va uyum koʻrinishida uchraydi. Yaxshi elektr izolyasiya xususiyatiga ega. Sanoatda taxtasimon slyuda, slyuda kukuni va slyudali fabrikat koʻrinishida foydalaniladi. Oʻzbekistonda kengtarqalgan, biroq alohida kristall koʻrinishida juda kam uchraydi. Yirik kri-stalli xillari amaliy ahamiyatga ega. Xorijda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Madagaskar Respublikasi, Kanada, AQSH, Braziliyada konlari bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz