Musiqor




Musiqor (arab. — musiqachi) — 1) Urta va Yaqin Sharq adabiyotida mo-hir, oliy malakali bastakor, xonanda va sozanda; 2) Sharq xalqlarining qad. puflama cholgʻu asbobi. Bir tomoni yopiq, turli uzunlikda va bir xil diametrdagi bir necha (8—13) naychalarning parallel, uchburchak shaklidagi birikmasi. M. cholgʻu asbobi ilk bor Abu Abdulloh Xorazmiy (780—850) ning "Mafotix al-ulum" ("Ilmlar kalitlari", Leyden, 1899) qomusida sharxlangan. Urta asr Sharq miniatyuralarida tasvirlangan. taxminan 18-asrdan keyin Urta Osiyo musika amaliyotidan chiqib, keyinchalik unutilgan. M.ning ayrim turlari Ruminiya, Bolgariya, Moldaviya va Turkiyada muskal, Gre-siyada sevnitsa, Gruziyada larchemi, soinari, Litvada skuduchyay nomlari bilan mashhur; 3) Sharq adabiyotida afsonaviy qaqnus qushining nomlaridan biri.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz