Musiqiy quticha




Musiqiy quticha  — mexanik musiqa asbobi. U aylanuvchi silindrda boʻrtib chiqqan oʻsimtalarning metall taroq tishlariga tegishi natijasida ohanglar hosil qiladi. Qutichada yangraydigan ohang taroqdagi tishlarning uzunligi va boʻrtmalarning joylashish tartibiga bogʻliq. Asbob XIX asr hamda XX asr boshlarida grammofonlar tarqalishidan oldin mashhur boʻlgan.

Musiqiy qutichaning oʻziga xos ohangidan baʼzi qoʻshiqlarda, asosan, pianinoga joʻr boʻlishida foydalaniladi.

Oʻz vaqtida qirolicha Viktoriya uchun gʻayrioddiy quticha yasalgan, unga oʻtirilganda Britaniya madhiyasini ijro eta boshlagan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz