Musiqiy arra




Musiqiy arra  — musiqa asbobi sifatida qoʻllaniluvchi arra hisoblanadi. Shtrixiga koʻra glissandoga kiradi; undan chiquvchi tovush termenvoksni eslatadi.

Arra ilk bora XIX asrda AQShning Appalacha shahrida musiqa asbobi sifatida qoʻllanilgan deb ishoniladi. 1900-yillarga kelib esa bunday musiqiy arrani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻndan ortiq kompaniyalar ochilgan; XX asrning birinchi yarmiga kelib esa, asboblarni ishlab chiqarish bir oz kamaygan, ammo keyinchalik yana ommalashgan. Hozirda musiqiy arra boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqarilgan — xususan, Angliya va Shvetsiyada..

1975-yilda bastakor Jek Nitsshening "Kakku uyasi ustidan uchib oʻtayotib" filmida ulkan eʼtiborni tortish uchun musiqiy arraning ovoz effektidan foydalanilgan.

Rossiyalik musiqachi, muallif-qoʻshiqchi Pavel Kashin bir necha albomlarni yozishda arradan foydalangan..

Nyu-York muntazam ravishda Xalqaro musiqiy arra festivalining mezboni boʻladi (inglizcha: New York City Musical Saw Festival). 2009-yilda festival davomida Xalqaro Ginnesning rekordlar kitobiga rekord oʻrnatilgan: arra yordamida ansambldagi 53 nafar musiqachi Shubertning „Ave Maria“sini ijro etishgan..

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz