Musiqashunos ayollar
Musiqashunos ayollar qatoriga bastakor, qo'shiq muallifi, cholg'u ijrochisi, qo'shiqchi, dirijyor, musiqashunos, musiqa o'qituvchisi, musiqa tanqidchisi / musiqa jurnalisti va boshqa musiqiy kasblardagi ayollar kiradi.
Qo'shiq mualliflari
Qo'shiq muallifi - odatda pop, rok yoki ko'cha musiqasi kabi mashhur musiqa janrlari uchun so'zlar, ohanglar va akkordlarni yozadigan shaxs. Qo'shiq muallifini bastakor deb ham atash mumkin.
Orkestr Orkestrning asosiy cholg'ularidan biri bo'lgan arfa cholg'usi "ayollar vositasi" deb ham atalgan, chunki bu asbobni ko'proq ayollar chalgan. 1917-yilda Angliyada musiqiy gazeta tahririyati orkestrlarni ayollarga "yengilroq asboblarda" ishtirok etish uchun imkon berishga undagan. 1980-yillarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ayollar AQSh orkestrlarining 36 foizini tashkil qilgan, Buyuk Britaniyada 30%, Sharqiy va G'arbiy Germaniyada esa 16% ayollar egallagan. Ayollarga juda kam haq to'langan va ular katta orkestrlarda ishtirok etishmagan,
Xonandalar
Jazz
Ayollar jazzda instrumentalistlar, bastakorlar, qo'shiqlar mualliflari va guruh rahbari sifatida kam namoyon bo'lgan bo'lsa-da, ko'plab taniqli qo'shiq
Jahon musiqa
Ayollar jahon musiqasida ham muhim rol o'ynaydi. Bu musiqa toifasi butun dunyo bo'ylab turli xil musiqa uslublarini, jumladan Afrika, Karib dengizi, Janubiy Amerika, Osiyo va boshqa mintaqalardagi etnik musiqa, an'anaviy musiqa, mahalliy musiqa, zamonaviy musiqa va bir nechta madaniy an'analar aralashib ketadigan musiqalarni birlashtiradi (masalan, G'arb estradasi va etnik musiqasi aralashmasi). Bu atama 1980-yillarda gʻarbiy boʻlmagan anʼanaviy musiqalar uchun marketing kategoriyasi sifatida ommalashgan.
Musiqa olimlari va o'qituvchilari
Musiqashunoslar va musiqa tarixchilari
Yirik musiqashunoslar va musiqa tarixchilarining aksariyati erkaklar edi. Shunga qaramay, ba'zi musiqashunos ayollar kasbning yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. Kerolin Abbat (1956-yilda tug'ilgan) - amerikalik musiqashunos, Prinston universitetida musiqa yo'nalishida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Garvard Gazette tomonidan "dunyodagi eng ilg'or musiqa tarixchilaridan biri" deb ta'riflangan.
Musiqa o'qituvchilari
19-asrda musiqa ta'limida ayollarning roliga qo'yilgan cheklovlarga qaramay, ayollar bog'chalarda musiqa tarbiyachisi sifatida ishga qabul qilingan, chunki bu "xususiy soha" deb hisoblangan. Ayollar, shuningdek, qizlar maktablarida, yakshanba kunlari ishlaydigan maktablarida musiqadan dars berishgan va maktab musiqa dasturlarida musiqachilarni tayyorlashgan. 20-asrning oxiriga kelib, ayollar boshlang'ich maktablarda musiqa nazoratchisi, oddiy maktablarda o'qituvchi va universitetlarda musiqa professori sifatida ishlay boshladilar. Musiqa ta’limi boʻyicha kasbiy tashkilotlarda ayollar ham faollashdi, xotin-qizlar anjumanlarda ma’ruzalar bilan chiqishdi.
Musiqa tanqidchilari
Anven Kroufordning so'zlariga ko'ra, "Ayollar uchun musiqadagi rol allaqachon kodlangan", ya'ni musiqa tanqidchilari, yoki boshqa musiqashunoslar kam. Kroufordning ta'kidlashicha: "Eng mashhur rok-musiqa tanqidchilari - Robert Kristgau, Greyl Markus, Lester Bangs, Nik Kent - barchasi erkak".Mashhur musiqa tanqidchilariga quyidagilar kiradi:
Boshqa musiqa kasblari
Ovozlarni yozib olish va ovoz muhandisligi
2013-yilda chiqarilgan Sound on Sound maqolasida aytilishicha, "ovoz yozish va ovoz muhandisligi sohasida ayollar kam. Ncube ta'kidlashicha, "musiqiy produserlarning to'qson besh foizi erkaklardir". "Britaniyaliklar yoki Grammy mukofotlarida faqat uchta ayol eng yaxshi produser nominatsiyasiga nomzod bo'lgan, lekin mukofotni ular qo'lga kirita olmagan.
DJ va turntablelistlar
Musiqada ayollar ko'pincha qo'shiq ijro etishda ko'rinadi. Xip-xop musiqasi, xaus musiqasi, nu metal va boshqa janrlarda DJ va turntablist ayollar nisbatan kam. Darhaqiqat, bu janrlarning barchasida erkaklar ustunlik qiladi. Buning bir qismi audio muhandislik va ishlab chiqarish kabi audio texnologiyasi bilan bog'liq ishlarda ayollarning umumiy past foizidan kelib chiqishi mumkin. Turntablizm va DJ amaliyotlarini aralashtirib yubormaslik kerak, bu sohalar texnika bilan bog'liqligi sabab, unga erkaklar qiziqishi va erkaklar ishlashi kerakligi ta'kidlagan DJ Mark Katz
Ayollar harakati va tashkilotlari
Ayollar haqidagi musiqalar
Ayollar musiqasi (shuningdek, ayollar haqidagi musiqa yoki vimmin musiqasi) ayollar uchun va ayollar haqida yozilgan musiqalardir. Bu janr ikkinchi feministik harakat hamda mehnat, fuqarolik huquqlari va tinchlik harakatining musiqiy ifodasi sifatida paydo boʻlgan. Harakat (AQShda) Kris Uilyamson, Meg Kristian va Margi Adam, afro-amerikalik musiqachilar (jumladan, Linda Tilleri, Meri Uotkins, Gven Averi) kabi lezbiyanlar va Bernis Jonson Reagon va uning Sweet Honey guruhi Rok va tinchlik faoli Holly Near kabi faollar tomonidan boshlangan. Ayollar musiqasi ayollar musiqasining kengroq sohasiga tegishli bo'lib, ular ijrochilardan tashqari, studiya musiqachilari, produserlar, ovoz muhandislari, texniklar, distribyutorlar, promouterlar va festival tashkilotchilari ham ayollar bo'lgan jamoadan tashkil topadi.
Tashkilotlar
Musiqadagi ayollar uchun xalqaro ittifoq Musiqadagi ayollar uchun xalqaro alyans (IAWM) ayollar xalqaro tashkiloti bo'lib, ayollarning musiqa sohasidagi faoliyatini, xususan, musiqiy faoliyat sohalarida, masalan, bastakorlik, ijrochilik va tadqiqot kabi sohalarda rag'batlantirishga bag'ishlangan. IAWM ayol bastakorlarning musiqa dasturlarini oshirish, ayol musiqachilarga, shu jumladan simfonik orkestr a'zolariga nisbatan kamsitishlarga qarshi kurashish va universitet musiqa o'quv dasturlariga ayol musiqachilarning hissalarini kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar bilan shug'ullanadi. Tashkilot tomonidan olib borilayotgan targʻibot ishlari kollej musiqa tarixi darsliklariga bastakor ayollarning kiritilishiga xizmat qilgan.
Musiqadagi ayollar (WIM-NY) Musiqadagi ayollar (WIM-NY) 1985-yilda asos solingan Nyu-York shahrida joylashgan Amerika tashkilotidir. U musiqa sohasidagi "ayollarning iste'dodlarini qo'llab-quvvatlash, rivojlantirish va tan olish" ga qaratilgan. WIM-NY seminarlar, panellar va tarmoq tadbirlari kabi tadbirlarni o'tkazadi. Shuningdek, u har yili musiqa sohasidagi ayollarga Touchstone mukofotlarini ham taqdim qiladi. WIM-NY a'zolariga musiqaning barcha janrlari va sohalaridagi ayollar rassomlar, menejerlar qo'shiq mualliflari, qo'shiqchilar, jurnalistlar, ovoz yozish muhandislari, agentlar, publitsistlar, studiya egalari, musiqa noshirlari, onlayn va an'anaviy marketologlar kiradi.
Kanadadagi musiqashunos ayollar Kanadadagi musiqashunos ayollar professional assotsiatsiyasi (WIMC) 2012-yilda tashkil etilgan Ontario shtatining Toronto shahrida joylashgan tashkilotdir. Bu federal ro'yxatdan o'tgan notijorat tashkilot bo'lib, uning maqsadi: ayollarni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali musiqa sanoatida tenglikni ta'minlashdan iborat. WIMC moliyaviy jihatdan federal hukumat, Ontario hukumati va Slaight Music tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
Musiqashunos ayollar WIM-Buyuk Britaniyada Musiqashunos ayollar (WIM-UK) Birlashgan Qirollikda ham tashkil etilgan bo'lib, u musiqaning barcha janrlarida ayollarni qo'llab-quvvatlaydigan tashkilotdir. WIM-UK musiqadagi gender muammolari hal etish va ayollar musiqachilarni professional rivojlanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yurutadi. WIM-UK veb-sayti tanlovlar va ish imkoniyatlari haqida ayollarga ma'lumotlar yetkazib berish bilan ham shug'ullanadi. WIM-UK dunyodagi eng yirik klassik musiqa festivali bo'lgan BBC PROMSda ishtirok etuvchi ayol bastakorlar, dirijyorlar va solistlar soni bo'yicha so'rovnoma o'tkazdi. Unga ko'ra 2015-yilgi Proms uchun dasturning 10 foizini ayol bastakorlar, 50 nafar dirijyorning 4 foizini ayol dirijyorlar va 30 foizini ayol cholg'u solistlari tashkil etgan.
Festivallar
1970-yillardan boshlab (dastlab lesbianlik ayollar uchun) ayollar musiqa festivallari tashkil etiladi. Birinchi ayollar musiqa festivali rasman 1973-yilda Sakramento davlat universitetida o'tkazilgan. 1974-yil may oyida Illinoys universiteti talabasi Kristin Lems tomonidan Champaign-Urbana shahrida birinchi Milliy ayollar musiqa festivali bo'lib o'tadi. U oʻzining san'atdagi 40 yilligini 2015-yilning 2–5-iyul kunlari Viskonsin shtatining Middlton shahrida nishonladi. Unda nogiron ayollardan tashkil topgan ayollarning ijodiy iste'dodlari va texnik ko'nikmalarini targ'ib qiluvchi va ko'mak beruvchi kontsertlar, mahorat darslari, komediya, teatr, filmlar va yozma tadbirlarni o'z ichiga olgan to'rt kunlik tadbir bo'lib o'tdi. Aksariyat ishtirokchilar ayollar bo'lsa-da, erkaklar ham tadbirda qatnashishi mumkin bo'lgan. Ayollar uchun yana bir qator tadbirlar o'tkazilgan. Michigan Women musiqa festivali 1976-yilda ayollar uchun tashkil etilgan bo'lib, u Qo'shma Shtatlardagi eng yirik festivalga aylangan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org