Musiqaning elementar nazariyasi




„Musiqaning elementar nazariyasi“ — oʻzbekistonlik dirijyor, bastakor va musiqachi Qadamboy Rahimov qalamiga mansub musiqa nazariyasi boʻyicha kitob. 2007-yil Toshkent shahrida „Musiqa“ nashriyotida chop etilgan. Asardagi materiallar ham lotin, ham kirill yozuvida berilgan.

Kitob oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma oʻlaroq tayyorlangan. Unda musiqa nazariyasidagi asosiy tushunchalar qisqa izohlar, misollar va jadvallar yordamida yoritilgan. Asar yakunidan qisqa adabiyotlar roʻyxati oʻrin olgan.

Kitobni S. Dostov hamda F. Toʻrayevlar taqriz qilgan. Shuningdek, qoʻllanmani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Poʻlatov – nashr uchun masʼul shaxs, M. Yoʻldosheva, M. Xolbekova – muharrirlar, T. Smirnova – texnik muharrir, M. Zokirova – dizayner. Kitob adadi – 500 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz