Musiqali drama
Musiqali drama - 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax.na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-asr Xindiston, 12-asr Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920-yillarda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910—20 yillardan milliy adabiybadiiy tomosha sanʼati va musika merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi. Hamzaning "Hoy, ishchilar", "Qarmoq", "Quzgʻunlar" kabi inssenirovkalari, "Fargʻona fojiasi" tetralogiyasi; Gʻulom Za-fariyning "Halima" pyesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarida Musiqali dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. Oʻzbek Musiqali dramasi oʻz taraqqiyotida bir necha davrni bosib oʻtdi. Dastavval pyesaga mos musiqa materiali xalq ijodidan saralab olingan boʻlsa, 1930-yillarning boshida S Abdullaning "Poʻrtana", M. Muhamedov va K. Yashinning "Ichkarida" kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakor va kom-pozitorlari Musiqali drama musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishdi. "Layli va Majnun" (Navoiyning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy), "Gulsara" (K. Yashin; R. Glier) kabi Musiqali dramalar shular jumlasidandir. Musiqali dramaning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dramaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Jalilov), "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Muqimiy", "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla, T. Jalilov) kabi yetuk Musiqali dramalar mavjud. 1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi: M. Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va boshqa Ular oʻzbek musiqa merosi, Yevropa professional musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va boshqa ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, oʻz Musiqali dramalarida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg, kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida Musiqali drama zamonaviy professional musiqalidramatik janr darajasiga koʻtarildi va uziga xos xususiyatlariga ega boʻldi. "Vatan ishqi" (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev), "Momo yer" (Ch. Aytmatov qissasi asosida T. Tula inssenirovkasi; I. Akbarov musikasi), "Navoiy Astrobodda" (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), "Prometey" (Yu. Marsinkyavichyus; M. Bafoyev), "Yusuf va Zulayho" (R. Bobojon; F. Olimov), "Kumush shahar malikasi" (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi Musiqali dramalar bunga misoldir. Sof drama kabi Musiqali drama ham musikali drama, musiqali fojia, musikali komediya kabi turlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek kompozitorlari ijodidan katta urin olgan musiqali komediyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar; 2) operaning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo boʻlgan. 1639-yil paydo bulgan yangi "opera" nomi Musiqali drama urnini egallay boshlagan. 19-asr oʻrtalarida R. Vagner oʻzining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega boʻlgan "Nibelunglar uzugi" tetralogiyasi, "Tristan va Izolda", "Parsifal" operalarini Musiqali drama deb taʼriflagan, M. Musorgskiy esa "Boris Godunov", "Xovanshchina" kabi asarlarini xalq Musiqali dramalari deb atagan.
Adabiyot
Ahmadjon Jabborov.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Musiqali drama — bu sahnadagi yoki ekrandagi voqealarni musiqiy asarlar yordamida ifodalovchi badiiy janr bo‘lib, unda she’r, musiqiy kuylash va instrumental musiqaning o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega. Musiqali drama ko‘pincha qo‘shiq, raqs va instrumental musiqalar bilan bezatilgan bo‘lib, u tomoshabinlarga kuchli estetik va emotsional ta’sir ko‘rsatadi.
Musiqali dramalar turlari:
- Opera — musiqiy dramalarning eng mashhurlaridan biri. Opera to‘la qo‘shiq shaklida bo‘lib, unda aktyorlar o‘z qahramonlarini qo‘shiq aytish orqali ifodalaydi. Opera teatrda sahnalashtiriladi va unga orkestr, xor hamroh bo‘ladi.
- Musical (Muzikal) — bu ham sahnadagi musiqa bilan boyitilgan drama janri bo‘lib, unda og‘zaki so‘zlashuv, qo‘shiqlar va raqs sahnalari uyg‘unlashadi. Muzikal filmlar va teatrda juda mashhur.
- Operetta — yengilroq mazmunga ega, kulgi va hazil elementlari bilan boyitilgan musiqa bilan birlashtirilgan sahna asari.
- Balet — hikoya raqs orqali aytiladi, musiqiy asarlar esa harakatlarni uslubiy jihatdan boyitadi. Bu janrda so‘z ko‘p ishlatilmaydi, hissiyotlarni va voqealarni musiqiy kompozitsiyalar va raqs orqali ifodalanadi.
Musiqali dramatik asarning asosiy xususiyatlari:
- Syujet — dramadagi voqealar musiqiy va badiiy elementlar orqali taqdim etiladi.
- Musiqa — asarning ajralmas qismi, u hissiyotlarni kuchaytiradi va xarakterlarni ochib beradi.
- Interaktivlik — sahnadagi ijrochilar va musiqachilar o‘rtasidagi sinxronlik muhim.
- Emotsional ta’sir — musiqa va dramaturgiya birgalikda tomoshabinga kuchli tushuncha va tuyg‘ularni yetkazish vazifasini bajaradi.
O‘zbek musiqali dramalari
O‘zbek adabiyoti va teatrida ham musiqa muhim o‘rin tutadi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari, makom san’ati va zamonaviy bastakorlarning asarlari musiqa drama janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Masalan, Axmed Zohiriy, Shuhrat va boshqa taniqli bastakorlar son-sanoqsiz musiqa va dramalar yaratganlar.
Umuman olganda, musiqali drama san'at va madaniyatning eng ko‘p qirralik va boy janrlaridan biri bo‘lib, u tomoshabinlar qalbiga chuqur ta’sir o‘tkazadi hamda turli madaniyatlarni birlashtiradi.