Musiqa ijrochiligi
Musiqa ijrochiligi - ijod turi; musiqa asarlarini xonanda yoki sozanda tomonidan badiiy talqinda ijro etilishi. Musiqa ijrochiligi vokal, cholgu yoki aralash (vokal-cholgʻu), ijrochilar soniga koʻra yakkaxon (yakkanavoz), ansambl, orkestr, xor ijrochiligiga ajratiladi. Ijrochining uslubi, uning saviyasi, maxrrati va boshqalarga karab asar mazmuni ijrochilik vositalari (artikulyasiya, dinamika, surʼat, agogika va boshqalar) yordamida turlicha ifodalanishi mumkin. Asar yaratilgan davr va kom-pozitorning estetik qarashlari, boshqa ijrochilarning uslublarini oʻrganish hamda badiiy ifoda vositalari (musika bezaklari va boshqalar)ni oʻz oʻrnida qoʻllash ijrochi uchun muhim ahamiyatga ega. Xalq Musiqa ijrochiligida ijrochilar, asosan, oʻzining ichki hissiyotlari, amaliy tajriba va xotirasiga tayanadi. Ogzaki anʼanadagi professional musiqada Musiqa ijrochiligi anʼanalari ustoz-shogird munosabatlari orkali saqlanib rivoj topadi, sozanda va xonandalar esa maxsus (aruz, musika ilmi, bastakorlik kabi) bilim va qoidalarga boʻysunadi. Musulmon Shark, mutafakkir va musiqashu-noslari (Forobiy, Ibn Sino, Isfaxoniy, Urmaviy, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqalar) Musiqa ijrochiligi masalalariga bagʻishlab risolalar yozgan, Musiqa ijrochiligiga oid afsona va rivoyatlar, aniq qoidalar bayon" etishgan. Dirijyorlikniig barcha turlari ham Musiqa ijrochiligiga kiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org