Mushtab ibn Muhammad Farg‘oniy
Mushtab ibn Muhammad Fargʻoniy (arabcha: مشطب بن محمد الفرغاني — Mushtab ibn Muhammad Fargʻoniy – Toʻliq ismi Abulmuzaffar Mushtab ibn Muhammad ibn Uyooma ibn Zayd ibn Noʻ'mon ibn Muhammad ibn Sufyon Fargʻoniydir (414/1024-486/1093)) — faqih.
Mushtab ibn Muhammad Fargʻoniy taʼlimni yurtida olib, xilof va jadal ilmlarida peshqadamlik darajasiga yetgan. Isfahon, Buxoro va Ray shaharlarida hadis eshitgan. Bag‘dodda ham bir necha marotaba boʻlib hadis aytgan. Undan hadis eshitganlar orasida Mahmud ibn Mas'ud Shaʼbiy Hanafiy ham bor. Abulbarakot Hibatulloh ibn Muborak Saqtiy allomadan hadis rivoyat qilgan. Ibn Najjor allomaning Bagʻdodda vazir Nizomulmulk qabulida boʻlgani, Bagʻdod imomlari bilan munozara qilgani haqida xabar qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org