Mushrikiylik




Mushrikiylik (arab. - sheriklik) — koʻpxudolikning arab qabilalari oʻrtasida islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h.k.ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga eʼtiqod qilgan. M. tushunchasi Qurʼonda xudoni yakka deb eʼtirof etmay, uning sheriklari bor, yaʼni xudolar koʻp, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar taʼlimotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) yakkaxudolik taʼlimotini targʻib qilib, M.ni qoralagan, islom taʼlimoti M.ka qarshi kurash jarayonida shakllangan (yana qarang Shirk).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz