Mushketov muzligi




Mushketov muzligi - Markaziy Tyanshandagi Sarijaz tizmasining shim.yon bagʻrida joylashgan togʻvodiy muzligi, Sarijaz daryosining bosh tomonida, kenglik boʻylab sharqsan gʻarbga tomon choʻzilgan. Uz. 20 km chamasida, eni 1—1,8 km, maydoni 49,25 km². Muzlikning 5 km uzunlikdagi pastki qismi morena bilan qoplangan. Mushketov muzligi vaqt-vaqti bilan balqib, quyi tomon choʻziladi va keyin yana qisqaradi. 20-asrning 50-yillari oxirida 2500 m surildi va maydoni 4 km² ga koʻpaydi. Hozirgi muzlik qisq-arib bormoqda. Muzlik chekkasidan Adirtoʻr daryosi (Sarijaz daryosining chap irmogʻi) boshlanadi. I. V. Mushketov nomi bilan atalgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz