Musharrafa Qosimova
Musharrafa Orifjonovna Qosimova (tojikcha: Қосимова Мушаррафа Орифҷоновна; 1918-yil 19-dekabr, Samarqand – 2019-yil 1-aprel, Dushanbe, Tojikiston) – sovet va tojik teatr va kino aktrisasi, Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1974). Tojikiston xalq artisti. SSSR Kinematograflar uyushmasi aʼzosi (1990).
Hayoti
Musharrafa Qosimova 1918-yil 19-dekabrda Samarqandda tugʻilgan. Qosimovaning otasi Orifjon Rasuliy boshqa tojik ziyolilari qatori 1924-yilda Tojikiston poytaxti Dushanbega yuborilgan. 1930-yilda otasi oilasini Samarqanddan Dushanbega koʻchiradi. Oʻsha kunlarda yosh Musharrafa Toshkent tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga kiradi va 1937-yilda otasi vafotidan soʻng maktabni tashlab, aka-ukalari bagʻriga qaytadi. Orifjon Rasuliy Stalin terrori avjiga chiqqan oʻsha qora 37-yilda „xalq dushmani“ sifatida qatl etiladi.
Oila farovonligini taʼminlash maqsadida Musharrafa oʻz yaqinlaridan biri, taniqli yozuvchi Gʻani Abdulloba koʻmagida Lohutiy nomidagi drama teatrini tashkil etadi.
Musharrafa tojik dramaturgi Abdulhaq Usmonovga turmushga chiqdi. Biroq Abdulhaq Usmonov 1942-yilda Ulugʻ Vatan urushi xandaqlarida halok boʻldi. 1946-yilda Musharrafa mashhur tojik teatri yulduzi Muhammadjon Qosimovga turmushga chiqdi va familiyasini Qosimovaga oʻzgartirdi.
Aktrisa butun umri Lohutiy nomidagi akademik drama teatri (1937–1983) aktrisasi, 1989-yildan esa „Gahvora“ teatr-studiyasida aktrisalik faoliyatini amalga oshirdi. 1956-yildan tojik kinematografiyasida faoliyat yuritadi. Qosimova yoshligidan tojik sahnasida chiqish qilib, Tojikistonning tuman va qishloqlaridagi teatr spektakllarida ishtirok etib, doimo xalq orasida boʻlgan.
Vafoti
Musharrafa Qosimova Dushanbedagi Sari Osiyo qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
Qosimova „Sharaf“ ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Shavkatli mehnat uchun“ medali, Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal, „Mehnat faxriysi“ medali, Tojikiston xalq artisti, Tojikiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (1974), Tojikiston Oliy Kengashi va Oliy Kengashi Prezidiumi, Tojikiston Madaniyat vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org