Musayev Ulugʻbek Razzoqovich




Ulugʻbek Razzoqovich Musayev (1948-yil 12-sentyabr, Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2002-yil 5-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). Urganch (1973—1975), Toshkent (1975—1980) musiqa bilim yurtida oʻqituvchi, Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi boshqaruv kotibi (1982—1992), raisi (1992—1995). "Tantana" simfonik poemasi, fortepiano va orkestr uchun poemalari, kamercholgʻu asarlari, "Mangulik" va "Robiya" operalari, xor asarlari, romans va qoʻshiqlar muallifi. Ayniqsa, baletlari mashhur: "Hind dostoni" Moskvadagi Katta teatr (1981)da, "Toʻmaris" Qirgʻiz opera va balet teatri (1982)da sahnalashtirilgan. Musiqa uslubi orkestr vositalarining yorqinligi, dramaturgik mahorati, obrazlarning rangbarangligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz