Musayev Maxmud Musayevich




Maxmud Musayevich Musayev (1919.17.11, Xoʻjand — 2003.22.1, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Tarix fanlari doktori (1965), professor (1966). Qoʻqon ped. bilim yurtini (1938), Toshkent yuridik institutini tugatgan (1948). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1954—56 yillarda Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida oʻqigan. 1950—58 yillarda partiya ishida masʼul xodim; Partiya tarixi instituti direktori oʻrinbosari (1958—61). Toshkent xalq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri (1961-86), maslaxatchi professor (1987—2003). Ilmiy ishlari partiya tarixi masalalariga, yoshlar tarbiyasi muammolariga bagishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz