Musayev Bosit Mahmudovich.org
Bosit Musayev (1942 — 1988) — oʻzbek sharqshunos-filolog-eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1964-yil bitiruvchisi.
1964—1988-yillar ToshDU sharq fakultetining eron filologiyasi, keyinchalik xorijiy Sharq xalqlari adabiyoti kafedralarida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi (shu orada 1971 — 1974-yillar Eronda tarjimon); 1977-yildan umrining oxirigacha mazkur kafedrada (1988) dotsent.
Ilmiy yoʻnalishi — mumtoz fors adabiyoti, matnshunoslik. 15 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi.
Asosiy ilmiy ishlari
Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: "Tekstologicheskoye issledovaniye gazeley „Tuxfat as-sigar“ Amir Xosrova Dexlevi". — Toshkent, 1970.
uz.wikipedia.org