Musashi's




Musashi’s  — Yaponiyadagi musiqachi va qoʻshiq muallifi Hideo Saitoga tegishli besh mushukdan iborat musiqiy guruh. Guruh Stardust Promotion bilan hamkorlikda tashkil etilgan; Stardust bilan tuzilgan shartnomaga koʻra har bir mushukka kuylangan har bir qoʻshiq uchun taxminan 7000 yapon iyenasi (90,00 AQSh dollari) turadigan bitta yoʻl-yoʻl tunes ganorar sifatida berilishi aytilgan.

Aʼzolari




Tarixi



2007-yil



2007-yil oxirida Saito Rojdestvoni nishonlash uchun YouTubeʼda mushuklar videosini joylashtiradi. Videoda mushuklar instrumental asboblar bilan birga „Jingle Bells“ ohangida kuylashadi. Ushbu video nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyodagi mushukni sevuvchilar orasida mashhur boʻldi. YouTube videosi 2007-yil oxiriga kelib 1,2 milliondan ortiq marotaba tomosha qilingan. Shuningdek, u „2007-yilning eng yaxshi videosi“ nominatsiyasida YouTube mukofotiga nomzod boʻlgan.

2008-yil



2008-yilda Musashi’s Stardust Promotion bilan shartnoma imzoladi. 3-mart kuni ular mashhur yapon qoʻshigʻi „Hotaru no Hikari“ qoʻshigʻining birinchi singlini chiqardilar. Ushbu muqova yangi original qoʻshiq bilan birga chiqarilgan edi. Singl music.jp dan raqamli yuklab olingan. „Ichinensei ni Nattara“ nomli ikkinchi singl 2008-yil 7-aprelda keng omma havolasiga taqdim etildi.

2015-yil



2015-yil 24-sentyabrda guruhning aʼzosi Seri 19 yoshida vafot etdi. Seri oʻlimidan 2 yil avval buyrak kasalligi bilan oʻgʻrigan va ayni shu kasallik tufayli vafot etgan. Musashi’s mushuklarining blogi mazkur maʼlumotni eʼlon qilish uchun ochilgan.

Diskografiya



Singllar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz