Musaddas




Musaddas (arabcha: oltilik) - har bir bandi olti misradan iborat boʻlgan sheʻr. Musaddaslar ikki xil boʻladi. Musaddas, shuningdek, musammat xillaridan biri. Aruzningturli vaznlarida, turli mavzularda yoziladi, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-asr.. yoxud takror, tarje misralari, baytlari boʻlsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-vv-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. Musaddas ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi. Shu taxalluslarga qarab Musaddas sheʼr mustaqil yoki tazmin usulida yaratilganligi aniqlanib olinadi. Birinchi usulda shoir oʻzining miyeralaridan iborat oltiliklar yaratadi. U sheʼriy devon, majmua va bayozlarda baʼzan "tabʼi xud (oʻzining) Musaddas" izohi bilan berilgan. Ikkinchi usulda esa shoir oʻziga yoqqan ustoz yoki zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazalidan tanlab, shu gʻazal baytlari oldidan unga toʻrt-toʻrt yangi miyeralar qoʻshib, gʻazal baytlarini oltiliklarga aylantirganlar. 17—20-asrlarda yashab ijod etgan shoirlardan Mashrab, Nishotiy, Huvaydo, Amiriy, Ogahiy, Nodira, Furqat, Avaz, Sidqiy Xondayliqiy, Tabibiy, Kamiy va boshqa M.lar yozishgan. Oʻzbek sheʼriyatidagi M.lar orasida, ayniqsa, Furqat qalamiga mansub "Sayding qoʻyaber, sayyod", "Etmadim", "Uch harobotiy" M.lari davr ruxining ifodalanishi, ijtimoiy mazmunining chukurligi, poetik jihatlarining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.

Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-asr.. yoki a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-asr..

Misol: Sayding qoʻya ber, sayyod...

Sayding qoʻya ber, sayyod, sayyora ekan mendek,           -a
Ol domini boʻynidin, bechora ekan mendek,                       -a
Oʻz yorini topmasdan ovora ekan mendek,                             -a
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,                           -a
Hijron oʻtidin jismi koʻp yora ekan mendek,                          -a
Kuygan jigari-bagʻri sadpora ekan mendek.                          -a

Kes rishtanikim, qilsun chapaklar otib jasta,                     -b
Hajrida alam tortib, boʻldi jigari xasta,                                    -b
Togʻlarga chiqib boʻlsun yori bilan payvasta,                        -b
Kel, kuyma balo domi birla ani pobasta.                                -b
Hijron oʻqidin jismi koʻp yora ekan mendek,                            -a
Kuygan jigari - bagʻri sadpora ekan mendek.                          -a

                                                                                 (Furqat)

1 - ov         2 - tuzoq         3 - asta         4 - oyog'i bog'li, tutqundir

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Musaddas — o‘zbek va fors-tojik adabiyotida keng tarqalgan she’riy janr. Bu janrda har bir bayt (misra jufti) oltita misradan iborat bo‘ladi, shuning uchun unga "musaddas" deyiladi. Musaddasning asosiy xususiyati — har bir to‘rtlik qatorning oxiri bir xil qofiyaga ega bo‘lib, qolgan ikki misra undan farq qiladi. Bu she’r turi ko‘pincha diniy, ma’naviy, ta’limiy yoki sof sevgi mavzularida yoziladi.

Musaddas she’rining tuzilishi odatda quyidagicha bo‘ladi:

O‘zbekiston adabiyotida musaddas klassik shoirlar, jumladan Alisher Navoiy va boshqa mumtoz shoirdlar tomonidan keng qo‘llanilgan. Musaddas ko‘pincha diniy mavzularni, hayotiy hikmatlarni, xalqning ma’naviy qadriyatlarini ifodalashda ishlatilgan.

Masalan, Alisher Navoiy musaddas janrida ko‘plab she’rlar yaratgan, unda u ma’naviylik, insoniylik, xalqning taqdiriga oid fikrlarni chuqur ifoda etgan.

Xulosa qilib aytganda, musaddas o‘zbek adabiyotida boy va mazmunli she’riy janr bo‘lib, uni o‘rganish orqali xalqimizning boy madaniy merosi va she’riyatining go‘zalligini anglash mumkin. Agar musaddasga oid misollar yoki aniq ma’lumotlar kerak bo‘lsa, so’rashingiz mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz