Musa jalil




Musa Jalil taxallusi; asl ism-sharifi Jalilov Muso Mustafoyevich) (1906.2(15).2, Orenburg guberliyasi Mustafin qishlogʻi — 1944.25.8, Berlin) — tatar shoiri. Tatar opera va balet teatri asoschilaridan biri. Orenburg shahridagi „Husayniya“ madrasasida oʻqigan. 1922-yilda Qozon shahriga kelib, Tatar ishchi-yoshlar maktabida taʼlim olgan. Moskva universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1931). Moskvada chiqqan „Kichkina oʻrtoqlar“ („Kechkene ip-teshler“) nomli tatar jur. muharriri (1927). Tatariston yozuvchilar uyushmasi raisi (1939—41). 1942-yilning iyun oylarida fashizmga qarshi kurashda gitlerchilar qoʻliga tushib, Berlindagi Maobit qamoqxonasiga tashlangan va Plet-senze harbiy qamoqxonasida qatl etilgan (1944-yil 25 avgust). M. J.ning mashhur „Maobit daftari“ (1942—44) sheʼrlar turkumi shu konslagerda yozilgan. „Oʻrtoqlar“ (1929) sheʼrlar toʻplami, „Xat tashuvchi“ (1940) dostoni, „Oltin soch“ (1941), „Eldor“ (1941) opera librettolari, „Okopdan xat“ (1946) kitobi va boshqa asarlar muallifi. „Maobit daftari“ sheʼrlar turkumi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1956).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz