Musa Barrow
Musa Barrow (1998-yil 14-noyanrda tugʻilgan) Gambiyalik professional futbolchi. A Seriyaning Bolonya klubida va Gambiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Dastlabki faoliyati
Barrow „Atalanta“ga 2016-yilda Gambiyadan kelib qoʻshildi va u yerda yoshlar tarkibidagi birinchi uchrashuvida ikkita gol urdi. U 2018-yilda yoshlar safida 15 oʻyinda 19 ta gol urganidan keyin asosiy tarkibga qoʻshildi.
Atalanta
Barrow professional debyutini 2018-yilning 30-yanvarida „Atalanta“ safida Italiya kubogi doirasida Juventus" ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U A seriyadagi debyutini 2018-yilning 10-fevralida „Atalanta“ safida „Krotone“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazdi.
2019-yil 18-sentabrda Barrow Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“siga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Bologna
2020-yilning 17-yanvarida Barrow 13 million yevro toʻlov evaziga sotib olish majburiyati bilan Atalantadan Bolognaga ijaraga oʻtadi. Uning transferidan koʻp oʻtmay, Barrow Sinisha Mixaylovich qoʻl ostida asosiy hujumchiga aylandi. Yanvar oyida kelganiga qaramay, mavsumning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi. 2021-yil 2-iyulda Bologna uning toʻliq sotib olib, oʻz jamoasiga qoʻshib oldi.
Xalqaro faoliyati
2018-yil 1-iyun kuni Barrow Marokash U23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Gambiya U23 terma jamoasi safida ushbu oʻyindagi yagona golni kiritdi.
Barrow 2018-yil 8-sentabrda Gambiya terma jamoasi safida Jazoir qarshi kechgan Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinda debyut qildi.
U 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi musobaqasida oʻynadi va 2 ta gol urdi. Bu musobaqa uning jamoasi uchun birinchi qitʼa turniri edi va ular shov-shuvli tarzda yarim finalgacha yetib borishdi.
Faoliyati statistikasi
Klub
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org