Murtazayev Asan Murtazayevich




Asan Murtazayevich Murtazayev (1900.20.11, Yevpatoriya – 1983, Toshkent) — fizik kimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961), kimyo fanlari doktori (1950), professor (1950), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). Oʻrta Osiyo geol.qidiruv instituti xodimi (1930–31), Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1936–42), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida (1937– 42), Toshkent farmatsevtika institutida (1943–77) kafedra mudiri. Ilmiy ishlari fizik kimyo va elektrokimyoga oid. Murtazayev rahbarligida metallangan grafit elektrodni potensiometrik titrlashda qoʻllash usuli ishlab chiqilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz