Murolimjon Ahmedov




Murolimjon Axmedov Murodiljonovich  (1992-yil 5-yanvarda Botken viloyatidagi Uch-qoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan) — qirgʻizistonlik futbolchi, Qirgʻiziston milliy terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.

Faoliyati



Klubdagi faoliyati



2012-yildan boshlab Qirgʻiziston oliy ligasida Oʻshning „Oloy“ futbol klubi safida oʻz faoliyatini boshladi va olti mavsumni oʻtkazib, shu vaqt mobaynida uch karra Qirgʻiziston chempioni (2015—2017-yillar) va koʻp karra mamlakat chempionatining sovrindoriga aylandi.

2017-yilda u Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Ahmedov Osiyo klublari turnirlarida qatnashgan.

U Tojikistonning „Xujand“ va Turkiyaning „Samolyukspor“ havaskorlar klubiga oʻtish uchun koʻrikdan oʻtgan.

2018-yilda futbolchi Bishkekning „Dordoy“ klubiga transfer qilinib, oʻsha mavsum doirasida qatorasiga toʻrtinchi bor Qirgʻiziston chempioni boʻldi. Shuningdek, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi.

Ahmedov 2020—2021-yillarda Bangladesh chempionatida Bangladesh Police klubi safida toʻp surgan.

Terma jamoadagi faoliyati



2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning olimpiya tema jamosi safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

U 2017-yilning 13-iyun kuni Hindistonga qarshi boʻlib oʻtgan debyut uchrashuvini Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻtkazib, oʻyinning 81-daqiqasida Viktor Mayer oʻrniga maydonga tushdi.

Ahmedov, shuningdek, 2019-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ammo biror marta ham maydonga tushmagan.

Mukofotlari



2017-yilda — Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz