Murodxon Sobirov nomli maktab-gimnaziya
65-sonli Murodxon Sobirov nomli maktab-gimnaziya — Oʻsh viloyatining Qorasuv tumanidagi etakchi ilm dargoxlaridan biri.
Tarixi
Oʻsh viloyati Qorasuv tumani 65 sonli Murodxon Sobirov nomli maktab-gimnaziya 1952 yili tashkil etilgan.
1952-1963 yillari — Pravda nomli maktab.
1963-1977 yillari — Furqat nomli maktab.
1977-1993 yillar — Oktabr 60-yilligi nomli maktab.
1993 yildan boshlab Oʻsh viloyati „Oʻsh sadosi“ gazetasining birinchi bosh muxarriri Murodxon Sobirov nomi berilgan.
2014 yili maktab „gimnaziya“ statusini oldi.
Maktab maydoni 6481 m2.
Sinf xonalari 46 ta.
Sinflar 56 ta. Shundan 28 tasi oʻzbek tilli, 27 tasi rus tilli, 1 tasi qirgʻiz tilli sinflar.
Oʻquvchilar soni 1800 ta. Oʻqituvchilar soni 85 ta, shundan 10 tasi maorif aʼlochilari, 26 tasi Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
Maktab 1176 oʻquvchiga moʻljallangan. Maktabda yigʻilishlar zali, oshxona, sportzal va sport maydonchasi mavjud.
Maktabda kompyuter sinfi va interaktiv doska mavjud. Darslar zamonaviy innovatsion uslubda olib boriladi.
Maktabda rus tili, ingliz tili, informatika, matematika toʻgaraklari va boks sport toʻgaragi faoliyat koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda eski maktab binosida maktabgacha tayyorlov kurslarini ochish rejalashtirilmoqda.
Grant mablagʻlarini jalb etish [1]
Maktab tomonidan jami 8,5 million soʻmlik grant mablagʻlari jalb etildi.
Olimpiadalardagi sovrinli oʻrinlar
2006 va 2007 yillari EVM fani boʻyicha Mirzayev Sardor va Ergasheva Sanobar respublika olimpiadasida sovrinli 2 oʻrinni egallashdi.
2014 yili maktab oʻquvchisi matematika fani boʻyicha Oʻsh viloyati olimpiadasida 2 oʻrinni egalladi.2016-2017 yili 9 sinf o'quvchisi Madaminova Matlyuba Qora-Suv rayo'ni bo'yicha 10 sinflar orasida 2 o'rindi oldi. 10 sinf o'quvchisi chet tili fanidan Qora-Suv rayo'ni olimpiadasida 1 o'rindi egalladi. Va Masardinov Shukurillo O'sh viloyati olimpiadasida EVM fani bo'yicha 2-o'rinni egalladi.
Taniqli oʻqituvchilar
Taniqli bitiruvchilar
Xavfsizlik
Maktab oʻquvchilarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida xavfsizlik xodimlari ishlaydi va maktabga 8 ta videokamera oʻrnatilgan.
Maktab direktorlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org