Murodova Hanifa Nurillayevna




Hanifa Nurillayevna Murodova (1919.22.10, Kattaqoʻrgʻon shahri) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969); tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1966). 2-Moskva tibbiyot institutini tugatgach (1943), harbiy vrach (1943—46), 1-Moskva tibbiyot institutida ordinator (1946—49), MXRda Choybalsan nomidagi institut xirurgiya kafedrasida oʻqituvchi, ayni vaqtda kasalxona xirurgi (1953-56), SSSR Tibbiyot Fanlar akademiyasi Yuraktomir kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1956—63), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1-xirurgiya kafedrasi mudiri (1964—80). Ilmiy ishlari turli xirurgik kasalliklarni, xususan, surunkali koronar yetishmovchilikni xirurgik usulda davolash muammolariga bagʻishlangan. MXRning "Qutb yulduzi" ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz