Murodjon Yoʻldoshev




Murodjon Yoʻldoshev (1995-yil 9-avgust) – oʻzbek dzyudochisi, 73 kg gacha vazn toifasida 2023-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Biografiyasi



Murodjon Yoʻldoshev 1995-yil 9-avgustda tavallud topgan.

Karyera



2022-yil Nur-Sulton shahrida kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Murodjon Yoʻldoshev 2023-yil Toshkentda oʻtkazilgan „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda raqibi ustidan gʻalaba qozongan. 2023-yil Doha shahrida boʻlgan jahon chempionatida Murodjon Yoʻldoshev bronza medalini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin uchun boʻlgan kurashda kanadalik sportchi Artur Marjelidonni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Qatar poytaxti Doha shahrida 2023-yilgi dyuzdo boʻyicha jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida Murodjon Yoʻldoshev raqibi ustidan gʻalaba qozonib bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Almada shahrida boʻlib oʻtgan dyuzdo boʻyicha Portugaliya grant-pri sovrindorlari uchun boʻlib oʻtgan jangdan Murodjon Yoʻldoshev –73 kg vazn toifasida Mogʻulistonlik Anhzaya Lavjargalga qarshi jangga tushadi va raqibi ustidan gʻalaba qozonib kumush medalni qoʻlga kiritadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz