Murodjon Azimov




Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan, 2022-yildan tasdiqlangan).

Biografiyasi



Murodjon Azimov 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.

Ta'lim



1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati



1998—2014-yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan. 2014—2016-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2018—2021-yillarda Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bojxona xizmati general-mayori. 2021-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2022-yil 22-apreldan Qashqadaryo viloyat hokimi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz