Murodjon Ahmedov




Murodjon Ahmedov (1918.1.1, Qoʻqon yaqinidagi Afgʻon qishlogʻi — 1988.18.5, Qoʻqon) — aktyor va xonanda (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Hamroqul qori, Rahmon hofizlardan ashula yoʻllarini, 3. Mir-zatovdan sahna sirlarini oʻrgangan. Qoʻqondagi yosh tomoshabinlar teatri (1933 — 34), Qoʻqon (1940 — 55), Fargʻona (1956 — 81) teatrlarida ishlagan. Drama, 868musiqali drama va komediyalarda rang-barang obrazlar yaratgan; Tohir („Tohir va Zuhra“), Haydar, Ravshan („Nurxon“, „Ravshan va Zulxumor“), Bahodir („Bur-gutning parvozi“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Aziz („Aziz va Sanam“), Navroʻz („Gul va Navroʻz“), Karl Moor („Qaroqchilar“), hofiz („Oʻtgan kunlar“), Oʻktam („Kumush toʻy“) kabi jami 70 dan ortiq xilma-xil qahramonlar qiyofasini gavdalantirgan. A. qahramonlarini ja-soratli, olijanob, yuksak tuygʻular egasi qilib yorqin tasvirlagan. „Oltin vodiy kuychisi“ telefilmi va „Oʻtgan kunlar“ badiiy filmida („Oʻrtar“ni aytib) su-ratga tushgan. A. maqom ustasi, baland avjlarni ham bemalol ayta oladigan kuchli, shirali ovozga ega boʻlgan. „Bu oqshom“, „Oʻrtar“, „Toza lutf“, „Bayot-3“, „Nasri Uz zol“, „Buxoro irogʻi“ kabi maqom yoʻllari, ashula va katta ashulalar A. repertuaridan oʻrin olgan. Toʻxtasin Gʻifurbekov.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz