Murod Zuxurov




Murod Shavkatovich Zuxurov  — Oʻzbekistonlik futbolchi. 1983-yilning 23-fevral kuni Toshkentda tugʻilgan. Ampluasi darvozabon. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning Bunyodkor futbol klubi aʼzosi. Sobiq futbochi va hozirda murabbiy.

Futbolchilik faoliyati



Oʻz karyerasini 2003-yilda Bekobodning Metallurg klubida boshladi. 2007-yilda Namanganning Navbahor klubida oʻynadi. 2008-2010-yillarda Quruvchi (Bunyodkor)da oʻtkazdi. 2010-2012-yillarda Qarshining Nasaf klubida oʻynadi. Nasaf klubi tarkibida 2011-yilgi mavsumda ilk bor Xalqaro musoboqa OFK kubogida gʻolib boʻlishida katta xissa qoʻshdi 2013-yildan yana Bunyodkor safida. 2015-yilgi mavsum yakunlariga koʻra darvozasini daxlsiz saqlash boʻyicha 20 ta oʻyinda 13 ta quruq oʻyin bilan chempionat peshqadami boʻlgan. 2019-yil Bunyodkor safida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi va 2021-yildan Bunyodkor jamoasining yoshlar (farm klubi) klubi Bunyodkor-2 jamoasiga darvozabonlar murabbiyi sifatida yordam bermoqda.

Karyera statistikasi



Club



2019 yil 18 oktyabrda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra

Xalqaro




2013-yil 10-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlari



Bunyodkor

Nasaf

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz