Murod Xidir
Murod Xidir (1939-yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Olaqoʻyliq qishlogʻi) — taniqli oʻzbek adibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Tarjimai holi
Murod Xidir 1939-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Olaqoʻyliq qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni aʼlo baholarga tamomlab, Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. 1962-yildan oʻquvchilarga adabiyotdan dars bera boshlagan.
Faoliyati
Murod Xidir bolaligidan jurnalistika sir-asrorlari bilan qiziqqani uchun „Qashqadaryo haqiqati“, „Kelajak tongi“ gazetalari redaksiyalarida faoliyat olib borib, oʻzining publitsistik maqolalari bilan elga tanila boshlagan. „Guliston“, „Sharq yulduzi“ va „Sanʼat“ jurnallarida ham faoliyat yuritgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham turli lavozimlarda ishlab keldi. Shu bilan bir qatorda „Sirli olam“ jurnali, „Qalb koʻzgusi“, „Sohibqiron yulduzi“ gazetalarining bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi.
Ijodi
Adibning „Qirgʻoqlar“, „Amu sohillari boʻylab“, „Koʻzacha va butacha“, „Toshqoʻl“, „Kiyikcha va boʻynoq“, „Harf oʻyini“ nomli kitoblarini bolalar ham kattalar ham sevib oʻqiydi. Murod Xidir ijodi oʻzgachaligi va samimiyligi bilan ajralib turadi va shu sifatlari bilan kitobxonni oʻziga tortadi. Shu oʻrinda uning „Kumush qoʻgʻirchoqlari“ nomli inshosida ota-bobolar tomonidan qoʻllanilgan qadimiy taʼlim-tarbiya usullarini maʼqullab, mard kishilar boʻlishi uchun ularni chaqaloqlikdanoq oʻz ixtiyoriga qoʻyib tarbiyalash mavzulari ochib berilgan.
Vafoti
Adib 2023-yil 17-aprel kuni olamdan oʻtdi. Marhum oʻzi tugʻilib oʻsgan maskandagi Gʻoyib ota qabristoniga dafn etildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org