Murod Rajabov




Murod Yodgorovich Rajabov (1949-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 8-aprel 2023-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori va rejissyori. Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2008-yil).

Biografiyasi



Murod Rajabov 1949-yilning 30-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktyorlik mahorati sababli Oʻzbek kinosining „Temir erkagi“ deb eʼtirof etiladi. 1971-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. „Yosh gvardiya“ o‘zbek drama teatrida faoliyat olib borgan. Kino olamiga 1973-yili suratga olingan „Olovli sohil“ filmida yaratgan kichik epizodi orqali kirib kelgan. 1978-yilda „Bu Qo‘qonda bo‘lgan“ telefilmidagi roli ortidan Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 2008-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan. Murod Rajabov 2023-yil 8-aprel kuni 73 yoshida vafot etdi.

Filmografiya




Ishlab chiqaruvchi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2000-yil — Pari momo
2005-yil — Ulfatlar
2008-yil — Ulfatlar 2
2014-yil — Ulfatlar 3

Mukofotlari



Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2008-yil 25-avgust) — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, xalq madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, ilmiy faoliyati fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ijtimoiy sohalarda ko‘p yillik halol mehnati, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun.
Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati, 1978-yilda „Bu Qo‘qonda bo‘lgan“ telefilmida ishtirok etgani uchun olingan.

Oilasi



Turmush oʻrtogʻi — Nafisa Rajabova.
Qizi — Dildora.

Qiziqarli faktlar



Murod Rajabov va Saida Rametova „Sarvinoz“ va „Super kelinchak“, „Chapani oshiq“, „Qora tanli bojalar“, „Superqaynona“, „Qudamni ko‘rmadingizmi“ oʻzbek filmlarida bir necha bor er-xotin rolini ijro etgan.
Murod Rajabov o‘zbek xonandasi va aktyori Abduvali Radjabovning amakisi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz