Murod Nazarov
Murod Nazarov — oʻzbekistonlik tadbirkor. Murad Buildings qurilish kompaniyasi asoschisi.
Biografiyasi
Murod Nazarov 16-noyabr 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Murod Nazarov oilada katta oʻgʻil boʻlib,1994-yil otasidan ayriladi. Murod Nazarov 1987—1997-yillar oraligʻida oʻrta maktabda oʻqiydi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1997—2001-yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutiga talabalikka qabul qilinadi va shu 2000-2001 yili bir vaqtning o’zida Yaponiyaning TSUKUBA universitetida ham o’qiydi. 2003-2005 yillar Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini magistraturasini ham tamomlaydi.
Shaxsiy hayoti
Murod Nazarov oilali, 14 nafar farzandning otasi. Turmush o’rtog’i Umida Nazarova bilan 2002-yilda turmush qurgan va 3 qiz 2 o’g’il farzand ko’rgan. 2021-yilning so’nggi kunlarida Nazarov Toshkent shahridagi,,Mehribonlik uyi” dan 9 nafar (2 o’g’il 7 qiz) bolani o’z tarbiyasiga oldi. Murod Nazarov hozirda 14 nafar farzandlarning baxtli otasi.
Faoliyati
Mukofotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org