Murod Muhammedov
Murod Muhammedovich Muhammedov (1949-yil 21-oktyabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (1992), professor (1996).
Biografiyasi
Murod Muhammedov 1949-yil 21-oktyabr Samarqad shahrida tugʻilgan. 1967—1971-yillarda Samarqand Kooperativ institutida tahsil olgan. Murod Muhammedov Samarqand Kooperativ instituti partiya tashkilotining kotibi (1989—1991), kafedra mudiri (1985—1986; 2005—2007; 2008—2012), institutning imiy ishlar boʻyicha prorektori (1992—1993), ilmiy va oʻquv ishlari boʻyicha prorektori (1993—1994), institut rektori (1994—1998), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi mintaqaviy kompleks tadqiqotlar instituti ijtimoiy fanlar boʻlimining mudiri (1998—2005), institut integratsiya va innovatsiya markazining direktori (2007—2008) lavozimida ishlagan. Hozirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Iqtisodiyot nazariyasi“ kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
Murod Muhammedov 1975—1978-yillarda Ukrainaning Lvov shahridagi Savdo-iqtisod instituti aspiranturasida, 1989—1992-yillarda Moskva kooperativ instituti doktoranturasida oʻqigan. 1979-yilda Kiyevda nomzodlik, 1992-yilda Moskvada doktorlik dissertasisiyani himoya qilgan. 1992-yilda iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darjasini, 1996-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Bir qancha darsliklar, jumladan, „Iqtisodiyot nazariyasi“ (oʻzb va rus tillarida),
„Mikroiqtisodiyot-2“, „Oʻzbekistonning mehnat bozori: bandlik va ishsizlikning mintaqaviy muammolari“, „Yoshlar mehnat bozorida“, „Qishloqda ish bilan taʼminlash: muammolar va yechimlar“, „Agrar islohotlar va aholini ish bilan taʼminlash“, „Qishloq xoʻjaligi: daromadlar va moddiy ragʻbatlantirish“, „Xizmat koʻrsatish sohasi va turizmni rivojlantirishning nazariy asoslari“, „Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va kamaytirish yoʻllari“, „Oʻzbekiston iqtisodiyotining tarixi: Amir Temur davridan to hozirgi kunga qadar“ (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) kitoblari hamda 500 ga yaqin maqolalar muallifi.
Mukofolari
Manbalar
uz.wikipedia.org