Murod Chovush
Murod Chovush (asl ismi: Murod Karim o‘g‘li; 1980-yil 30-yanvar; Kitob tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, „O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati“ va „Yozuvchi“ gazetalari hamda „Mushtum“ jurnalida ishlab kelgan jurnalist. Hozirda faoliyatini yakunlagan yozuvchi.uz saytining sobiq moderatori, „Hech“ va „Qora dengiz“ romanlari muallifi.
Hayoti va ijodiy faoliyati
Murod Karim o‘g‘li 1970-yil 30-yanvarida Qashqadaryo viloyatiga qarashli Kitob tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetinining o‘zbek tili va adabiyotining kechki bo‘limini tugatgan. Murod Chovush tomonidan yozilgan „Hech“ romani oʻzbek adabiyotining favqulodda oʻziga xos yangi ruhdagi asari deya eʼtirof etilgan. Yozuvchi asar nomini tanlashdga Rauf Parfi turki boʻlganini oʻz intervyusi orqali aytib oʻtgan. Asar Nazar Eshonqul va Mahmud Saʼdiy kabi oʻzbek adabiyotshunoslarlari eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org