Murod Asqarov




Asqarov Murod Erkebayevich  — 2013—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari. 2009—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.

Biografiyasi



1974-yil 7-martda tugʻilgan.

1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetini siyosiy fanlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, nemis va turk tillarini biladi.

1997-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy boshqarmasi referenti.

1999-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.

2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy rejalashtirish guruhining 3-kotibi.

2005-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi 2-kotibi, 1-kotibi, boshligʻi oʻrinbosari.

2009-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.

2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz