Murod al-Buxoriy
Murod ibn Ali ibn Dovud ibn Kamoluddin ibn Solih ibn Muhammadal-Husayniy, al-Hanafiy, al-Buxoriyan-Naqshbandiy — sufiy bo‘lgan, tafsir, hadis, fiqh va boshqa aqliy va naqliy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan olim. U milodiy 1640-yil (hijriy 1050-yil) tug‘ilib, milodiy 1720-yil (hijriy 1132-yil) vafot etgan. Haj amalini ado etishva Muhammadning qabrini ziyorat qilish uchun Hijoz diyoriga borgan va uch yil davomida Makkaga qo‘shni bo‘lib yashagan. So‘ngra Bag‘dod sari yuzlangan, u yerdan Buxoro va Isfahonga borgan. Ushbu safar asnosida Samarqand va Balx ulamolari bilan hamsuhbat bo‘lib, ular bilan do‘stlashgan. So‘ngra Bag‘dodda maʼlum muddat yashab, u yerdan ikkinchi marta Makkaga borgan. Undan keyin Misrga kelganva shu yerda istiqomat qilgan. So‘ngra Konstantinopolga ko‘chib borgan. Sulton Mustafo Damashqda joylashgan o‘ziga qarashli o‘quv dargohlari — „al-Madrasa al-murodiya“, „al-Madrasa an-naqshbandiya al-buroniya“ va jome masjiddagi baʼzi qorilarni unga taqdim qilgan, undan esa keyinchalik Ahmad al-Maniniy qabul qilib olgan. U rabiussoniy oyining 12-sanasida Konstantinopolda vafot etgan va „Darsxona“ madrasasiga dafn etilgan.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org